Abdinabi Gʻiyosov - 1963-yil Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi.

Tayinlovga qadar u “Kumush kuz fayzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma taʼsischisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.