Qayd etilishicha, Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ rahbari, 1979-y.t. muqaddam sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklardan biridan 3 mln. AQSH dollari miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni vaʼda qiladi va evaziga kreditning 33 foizini, yaʼni 990 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaroga goʻyoki oʻzini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablagʻini ajratib berishni vaʼda qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi, 1983-y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.