Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarga koʻra, Shartnoma qiymati 750 000 yevro.

20 yoshli vinger Belgiya klubi bilan 2029-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Oʻrinboyev joriy mavsum “Paxtakor” safida jami 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarktʼdagi narxi 450 ming yevroga baholanmoqda.

Antverpen Belgiyaning eng qadimgi va eng yaxshi futbol klublaridan biri: oʻz tarixida u besh marta mamlakat chempioni boʻlgan va toʻrt marta Belgiya kubogini qoʻlga kiritgan.