Qayd etilishicha, parvoz davomida yoʻlovchilardan birida muddatidan oldin tugʻruq boshlandi. Ayolning baxtiga bortda ikki nafar shifokor bor boʻlgan va ekipaj bilan hamkorlikda zarur tibbiy yordamni tezkorlik bilan koʻrsatgan.

Ekipaj komandiri qarori bilan samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qoʻngan, u yerda ona va yangi tugʻilgan oʻgʻil bolani shifokorlar kutib olishdi. Oila tezkor tarzda mahalliy klinikaga yetkazilgan.

«Uzbekistan Airways oilani yurakdan tabriklab, oʻz yordamini ayamagan ekipaj aʼzolariga, reysda tasodifan boʻlgan va oʻz vaqtida yordam koʻrsatgan shifokorlar — Dilbar Sheripbayeva va Dilshod Nortojiyevga alohida tashakkur bildirgan.