Davlatimiz rahbari uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

Shundan 115 ming nafarining bandligini taʼminlash masalasi vazirlik, viloyat va tuman rahbarlari tomonidan hal qilinmoqda. 52 ming tarbiyasi ogʻir yoshlar huquq-tartibot xodimlari tomonidan otaliqqa olingani ham natijasini koʻrsatdi.

Shu bilan birga, qolgan 5,5 ming ishsiz, 31 ming tarbiyasi ogʻir yoshlar va oʻqishdan chetlatilgan 3 ming talaba bilan tizimli ishlab, hayotda oʻz yoʻlini topishi uchun yordam berish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga hokimlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 9 ming uyushmagan va oʻqishdan chetlatilgan yoshni tadbirkorlik, xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻrgatib, ishli qolish topshirildi.

Masʼullar oldiga 31 ming tarbiyasi ogʻir yoshlarni kasb va til toʻgaraklari, sport musobaqalari, harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qilish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.