Unga koʻra:

  • Zakot nisobi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 100 000 000 (yuz million) soʻm deb belgiladi.

Shunga koʻra, kamida 85 gramm tilla yoki 100 000 000 (yuz million) soʻm pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi tijorat moli boʻlgan kishi, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida kambagʻallarga berishi farzdir.

  • Fitr sadaqasi miqdori

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

≈ 2 kg bugʻdoy yoki uning qiymati – 10 000 (oʻn ming) soʻm;

≈ 2 kg bugʻdoy uni yoki uning qiymati – 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm;

≈ 4 kg arpa yoki uning qiymati – 20 000 (yigirma ming) soʻm;

≈ 2 kg mayiz yoki uning qiymati – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;

≈ 4 kg xurmo yoki uning qiymati – 200 000 (ikki yuz ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambagʻalga bersa kifoya qiladi. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida hayit namozi oʻqilgunga qadar berish kerak boʻladi.

  • Fidya miqdori

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi.

Shunday ekan, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida beradi.