Shu bilan birga, tadqiqotchilar XXI asrning oxiriga kelib, insoniyat Himolay muzliklarining uchdan ikki qismidan koʼprogʼini yoʼqotishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi telegram kanalida maʼlumot berildi.
Xuddi shunday vaziyat Pomir muzliklarida ham yuzaga kelmoqda. Fedchenko nomi bilan yuritiladigan uzunligi 75 kilometrdan oshadigan dunyodagi eng yirik kontinental muzlikning erish jarayoni kuzatilmoqda va bu bugungi kunning eng katta xavflaridan biriga aylangan.
Global isish oqibatida Tyanshandagi muzliklarning erishi tezlashmoqda.