Salohiyatli xorijiy investorlar jalb qilingan xolda birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi va Dubay, AQSHning Nyu York va Boston shaharlarida “non-deal roadshow” tadbirlari oʻtkazildi.

Korporativ obligatsiyalar (eurobond) chiqarilishiga joriy kapital bozoridagi ijobiy konyunktura turtki boʻlib, bu esa korxonaga keng koʻlamdagi investorlarni jalb etish hamda emissiyani maqsadga muvofiq jozibador shartlarda amalga oshirish imkonini beradi.

Bank anderayterlar va xorijiy konsultantlar tavsiyasiga koʻra, investorlar ishonchini oshirish, tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Yevrobondalar joylashtirish maqsadida oʻtkaziladigan “non-deal roadshow”larda emitentning yuqori martabali vakillari ishtirok etishdi. Xususan, Abu Dhabi Investments Authority, First Abu Dhabi Bank, BREVAN HOWARD, Mashreq Capital, ENBD AM, BHM Capital, Q Market Maker, Market Securities, Emirates Investment Bank, UAB, Boston MFS, FMR kabi kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda “Citi”, “ADCB”, “Natixis” tarkibidagi anderrayter banklar konsorsiumi investorlarning obligatsiyalarni chiqarishga boʻlgan yuqori qiziqishini qayd etdi.

Mazkur korporativ obligatsiyalarning (eurobond) xalqaro kapital bozorida muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga investorlar bildirayotgan ishonch va ijobiy bahoning tasdigʻidir.


“Navoiyuran” DK PR xizmati


Hamkorlik materiali