Suhbat asnosida unga uyushmaning tarjima kengashi, “Jahon adabiyoti” jurnali faoliyati, serb adabiyotidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlar haqida gapirib berildi. Shuningdek, uyushmada chop etilgan kitoblar, serb yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori Ivo Andrich qalamiga mansub mashhur “Drina koʻprigi” romani tarjimasi chop etilayotgan “Jahon adabiyoti” jurnali sovgʻa qilindi.

Gordana Pesakovich Belgradga qaytgach, Oʻzbekiston, Toshkentdagi Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasi faoliyati, uyushmaning Xalqaro boʻlimidagi uchrashuv haqida maqola yozib, Belgrad gazetasida eʼlon qildi.