Ichiga gʻulgʻula tushib, holdan toygan yigitning uyqusi oʻchdi. Dastlab asabiylashdi, soʻng oʻychan alfozda tun qorongʻiligiga tikildi. Tikilgani sari yuragini vahima chulgʻar, xuddi qish boʻyi och qolgan sayoq itlar toʻsatdan qopib oladigandek sergak turardi. Yigit avliyo emasdi, ammo nimadandir koʻngli gʻash. Xaroba uy eshigini tirnayotgan mushuk koʻz oldidan tinmay oʻtar, uning oʻtkir panjasi va koʻchayotgan yogʻoch qirindisi tovushini aniq-tiniq his etardi — bu ichidagi mavhum gʻashlikning ifodasi edi.
Ammo... Ayni damda nimadir sodir boʻ-ladi. Aniq. Muqarrar hodisa tumani yigit boshida qora bulut boʻlib yigʻildi. Eti uchdi. Qayerdadir chaqaloq yigʻisi eshitildi. Hozi-roq uydagilarni uygʻotish kerak. Lekin nega? Birgina koʻngli gʻashligi uchun yarim tun-da vahima koʻtarishi unga, tabiiyki, erish tuyuldi. Sovib qolgan sandal hididan koʻng-li agʻdarilib ketay dedi. Chirigan romlarga tikilib behuzurligi yanada oshdi. Nima balo, bu hidni shamol yetaklab keldimi yoki xona-da avvaldan bormidi? Goʻdak bu safar qulo-gʻining tagida chinqirgandek boʻldi. Tavba, u oʻzining beshikda taraflarni chamalolmay yigʻlayotgan toʻrt oylik qizining yigʻisi edi. Qachondan beri uygʻoq, nega eshitmadi? Bir zumda loyqa xayoli tinib, fikri tiniqlash-di. Ayoli uygʻonmadi. Charchagan, turmaydi.
Beshikka tikildi, jilmaydi. Oʻzi tebratadi. Shu tobda qizalogʻining xotirjamligi uchun u emas, u xotirjam boʻlishi uchun qiza-logʻi kerak edi. Simkaravotdan sekin turdi. Eskiroq nimagadir oʻranib oldi. Egildi va tebrata boshladi. Dastlab yoqimli tuyulgan goʻ-dak yigʻisi daqiqama-daqiqa avj olib borar, qiziga havo yetmay bigʻillar, allanechuk boshqa-cha yigʻlardi. Lekin nimagadir ayoli ham, bosh-qalar ham uygʻonay demasdi. Endi u asabiy-lashar, Baqaqurilloq tomonda momoqaldiroq gumburlar, ertaga Mirkomilboy hovlisidagi ishlarni bitirishi zarurligini oʻylagani sa-yin uyqu elitardi. Goʻdak endi rostmana chin-qirdi, u esa beshikni nega buncha qattiq teb-ratayotganini anglolmasdi. Toʻxta, bu beshik emas. Yer tebranayotgan edi… Odamni behol qilib qoʻyadigan darajada oʻtkir va zaqqum tal-vasa isi dimogʻini achishtirdi, hayot xurshidi soʻnayotgan nigohida aql bovar qilmas zilzila sodir boʻlayotganini toʻliq idrok eta olmagan qiyofasi muzlab qoldi — ulgurmadi...
Andijon zilzilasi
Zilzila deganda xayolimizga, avvalo, Toshkent zilzilasi keladi. Fan-texnika ta-raqqiy etgan paytda sodir boʻlgani uchun bu silkinishning asorati, undan keyingi qay-ta qurish kinotasmalarga, fotosuratlarga muhrlangan. Ammo poytaxt zilzilasidan avval ham yurtimizdagi boshqa shaharlarda mudhish vayronagarchiliklar boʻlgan. Ana shunday falokatlardan biri eski Yulian taqvimiga koʻra 1902-yil 2-3-dekabr (bugungi taqvimda 16-dekabr) kunlari sodir boʻlgan va butun shaharni vayron qilgan Andijon zilzilasidir.
R.Shamsutdinov, A.Isʼhoqov hammuallif-likda yozgan “Andijon tarixidan lavhalar” kitobining “Andijonning tarixiy, meʼmo-riy obidalari nega bizgacha yetib kelmadi?” nomli bobida shahardagi qadimiy obidalar-ning zamonamizga qadar saqlanib qolmagani sabablari koʻrsatib oʻtilgan. Jumladan, An-dijon shahrida bir nechta kuchli zilzila so-dir boʻlgani, ayniqsa, 1902-yil dekabr zil-zilasi ortidan shahardagi barcha muhtasham bino qulagani uchun ham Andijonda tarixiy binolar deyarli tugab bitgani haqida soʻz yuritilgan. Shuningdek, Melik-Sarkisyan ri-solasida keltirilgan faktlar asosida 1902-yili Andijonda yuz bergan zilzila koʻlami tadqiq etilgan.
Andijon zilzilasi Markaziy Osiyoda so-dir boʻlgan kuchli zilzilalardan biridir. Undan Andijon shahri va atrofidagi qish-loqlar katta talafot koʻrgan. Yer ketma-ket uch marta silkingan. 8 ballik birinchi zilzila-dan 1-1,5 daqiqa oʻtib, 9 baldan ortiq ikkinchi silkinish va yana 30 daqiqadan soʻng uchinchi 8-9 ballik kuchli tebranish oqibatida 50 ming kishi yashaydigan Andijon shahri ulkan xarobazorga aylandi. Zilzilada 4600 dan ziyod kishi halok boʻldi. Shahardan 5-6 chaqirim narigacha boʻlgan temir yoʻl izi buralib qol-di. Stansiyadagi parovoz va poyezd vagonlari izidan chiqib ketdi. 2-dekabrdan soʻng ham bir necha oy davomida yer qimirlab turdi. Zilzila oqibatida Andijon va shahar atrofida eni 10 santimetrgacha boʻlgan bir necha yoriq paydo boʻldi. Ayrim joylarda yer sathi 70 santi-metrgacha choʻkdi.
Ofatdan soʻng zilzila oqibatlarini bar-taraf etish ishlari boshlanib ketdi. Binolar ostida qolganlarni chiqarib olish, halok boʻlganlarning janoza marosimlarini oʻtkazish, zarar koʻrganlarga yordam berish shular jumlasidan. Zilzilada har bir xo-nadondan bir nechtalab odam halok boʻlgani va andijonliklar motam ichida qolganiga qaramay, vayron boʻlgan shahar va qishloq-larni qayta tiklashda Andijon shahri va unga tutash qishloqlar aholisi jonbozlik koʻrsatib mehnat qildi. Andijonlik boy-lar katta-katta ehson ulashib, shahar va qishloqlarni tiklayotgan hasharchilarning qornini toʻydirdi, qurilish ashyolari sotib olib berdi.
Ana shunday saxovatpesha boylardan biri Mirkomilboy Mirmoʻminboyev edi. U An-dijon shahrini tiklash uchun katta mablagʻ ajratdi. R.Shamsutdinov va A.Isʼhoqov ki-tobida Mirkomilboy Mirmoʻminboyevning Andijon uyezdi boshligʻi Brjezitsiyga yozgan xatini keltiradi:
«Oʻz ona shahrim Andijonning madaniy rivojlanishi va batamom tartibsiz ahvolda boʻlgan Gultepa maydoniga madaniy koʻrinish berish, maydon ham shahar koʻrki boʻlsin, ham aholi foydalana olsin deb men, Mirkomil Mirmoʻminboyev oʻz hisobimdan Andijon shahriga tortiq sifatida quyidagi inshoot-larni qurishni oʻz zimmamga olaman:
- Turli millat vakillari — erkak va ayollarga moʻljallangan qirq oʻrinli namunali shifoxona. Unda quyidagi boʻlimlar mavjud boʻladi: a) jarrohlik; b) tugʻuruqxo-na; v) ich kasalliklari; g) seksion kameralar va oʻliklar saqlash uchun yertoʻla; d) dezinfeksion kamera hamda shifoxona boshliqlari, xodimlari va turli xizmatchilar uchun maxsus bino; ye) shifoxona binosini markaziy isi-tish boʻlimi hamda suvni biologik tozalash xizmati.
- 30 oʻquvchiga moʻljallangan internat turidagi madrasa oʻquvchilarini rus tiliga oʻrgatish boʻlimiga hamda zal va yordamchi bi-nolarga ega rus-tuzem maktabi.
- Yuz oʻquvchiga moʻljallangan madrasa va xonaqohi boʻlgan namunali maktabxona.
- Yevropacha nusxadagi yertoʻla va qorovul-xona, uchta hojatxonasi bor uchta doʻkon. Mana shu doʻkonlardan keladigan foyda yuqorida koʻrsatilgan muassasalarni taʼminlash va taʼmirlash uchun ishlatiladi.
- Mahalliy xalq va yevropaliklar uchun alohida boʻlimlarga ega boʻlgan hammom.
Koʻrsatilgan inshootlarning barini men — Mirkomil Mirmoʻminboyev mening nazoratimda tuzilgan va tegishli hoki-miyat tomonidan tasdiqlangan loyiha va smeta asosida uch yil davomida qurib bitkazishni oʻz zimmamga olaman. Shu bilan uchun maxsus komissiya tuzilib, boshqarish ishlarida shaxsan oʻzi qatnashishni moʻljal-lagan edi. Keyinchalik u mana shularning hammasidan voz kechib, Brjeziskiy talabla-rini toʻliq qabul qilishga majbur boʻladi. Chunki Brjeziskiyning har qanday shart-lariga koʻnib boʻlsa-da, ishni jildirishga umid qilardi.
“Mir Kalish”
Masalaning keyingi taqdiri mujmal kechganini Akmal Akrom oʻgʻli “Mirkomilboy qanday shaxs edi?” maqolasida batafsil bayon qilgan. Yozishicha, majlisdagi bu masala bit-ta tarafdor (Brjeziskiy), uchta qarshi (sha-har deputatlari — Ordines va Kurovskiy hamda shahar vrachi Kashurnikov), ikkita be-taraf (Mirali Umarboyev va shahar arxitek-tori Travin) ovoz bilan koʻrib chiqish uchun Fargʻona viloyati harbiy gubernatori ixtiyo-riga joʻnatiladi.
Viloyat harbiy gubernatori ham uning taklifiga rad javobi berganiga shubha yoʻq. Bu fikrimizni Oʻrta Osiyo temir yoʻli jandarm-politsiya boshqarmasi Margʻilon boʻlimi boshligʻining 1914-yil 25-aprelda Turkiston tumani maxfiy ishlar boʻlimi-ga yuborgan xati isbot qila oladi. Bu xat-da shunday deyilgan: “Andijonlik sart, millioner «Mir Kalish” musulmon shifo-korlar xizmat koʻrsatadigan, faqatgina musulmon bemorlarga moʻljallangan maxsus shifoxona qurishni moʻljallab, 50 ming soʻm xayriya qildi. Lekin doktor Belogujev uning bu orzusini chippakka chiqardi... “Mir Kalish”ning sheriklari Belogujevni yoʻq qilish uchun harakat qilishlari ehti-moldan uzoq emas».
Yuqoridagi xatga Turkiston tumani max-fiy politsiya boʻlimi, oʻz navbatida, quyida-gicha xulosa chiqaradi:
«1914-yil 29-aprel... “Mir Kalish” Mirkomil Mirmoʻminboyev boʻlishi ehtimoldan uzoq emas. U juda aqlli, ayyor, uddaburon kishi, eʼtiqodi boʻyicha pan-islomchi va ruslarga qarshi juda yomon munosabatda, Andijon shahri tijoratchilar partiyasi boshligʻi. Ushbu partiya aʼzolarining hammasi unga moddiy tarafdan bogʻlangan».
1915-yil oxirlari, toʻgʻrirogʻi, noyabr oyiga kelib, Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarida “Mirkomilboy qamalganmish”, degan gap tarqaladi. Mirkomilboy qamali-shining haqiqiy sabablarini esa Andijon uyezdi boshligʻi yordamchisi yozgan xatda koʻrish mumkin: “1915-yil 10-yanvar. Menkim Andijon uyezdi boshligʻining yordamchisi, podpol-kovnik Polyudov, uyezd boshligʻi topshirigʻiga binoan uning guvohligida quyidagi proto-kolni yozdim: bugun soat 12:00 da uyezd bosh-qarmasi tarjimonlari Sulaymon Kelganboyev va Yusufjon Charishev menga mahalliy tilda yozilgan imzosiz xat tutqazishdi. Xatni tar-jima qilib, uning maʼnosi quyidagicha eka-nini bildik: «Men, shu xatni iddao qilguvchi, bexosdan Mirkomilboy zavodiga kirib, uning ish stoli ustidagi xatga koʻzim tushdi. Xat-ni oʻqib chiqib, yomon niyat bilan yozilganini bildim. Bir boyning yomon maqsadi tufayli butun kambagʻal musulmon ahli jafo torti-shining oldini olish maqsadida xatni bil-dirmasdan oʻgʻirlab, Siz, janobi oliylariga keltirib berishni lozim topdim”.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi: nega aynan Mirkomilboy fitnalar, tuhmatlar iskan-jasida qovrilavergan? Nimaga aynan u mus-tamlakachilar uyqusini qochirgan, halovati-ni yoʻqotgan? Shubhasiz, u paytda mahalliy boylar koʻp edi. Gap shundaki, Mirkomilboy kabi ham moddiyatan, ham maʼnan boy boʻlgan jadid davlatmandlar sanoqli edi. Uning xalq manfaatidan kelib chiqib qabul qil-gan har bir qarori bir qoʻli bilan qornini qashlab, boshqa qoʻli bilan millionlab odam-larni ezgʻilayotgan baqbaqador amalparast-larning tomogʻiga qaysar suyakdek tiqilardi. Bunga ishonch hosil qilish uchun Mirmoʻmin-boyev kapitali haqida uyezd boshligʻiga beril-gan notoʻliq hujjatga nazar tashlash kifoya.
Mirkomil Mirmoʻminboyevga tegishli mol-dunyo hammasi boʻlib 10 million soʻmni tashkil etgan. Bu yerda hujjat faqat yer, za-vod va boshqa mulklarning narxidan ke-lib chiqib yozilgan. Boshqa maʼlumotlar-ga koʻra, Mirmoʻminboyevning kapitali 1914-yilda 17 million soʻmga yaqin boʻlgan. Rossiya moliya ministri Vittening 1897-yildagi pul islohotidan soʻng Rossiya pulining dunyo bozorida valyuta hisobida yurganini eʼtibor-ga olsak, andijonlik boy qanchalik katta kapitalga ega boʻlganiga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Shu bilan birga, uning Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa koʻplab chet el shaharlariga tez-tez borib turishini, Turkistonda xorijdan yengil avtomashina xarid qil-gan birinchi odam boʻlganini, rus maʼmuriyatidagilarning uncha-munchasini pisand qilmasligini hisobga olsak, dushmanlari oz emasligi ham ayon boʻladi.
Uni hech bir hokimiyat suymagan
Oradan koʻp oʻtmay, Rossiyada fevral burjua inqilobi amalga oshdi. Uning sha-moli Turkistonga ham yetib kelib, Turkis-ton general-gubernatorligi oʻrniga muvaq-qat hukumat — Turkiston komissariati tashkil etildi. Ajablanarli jihati, yangi hukumat vakillari ham Mirmoʻminboyevni sudxoʻrlikda ayblay boshladi. Bundan foy-dalangan dushmanlari esa yana uydirma va boʻhton uyushtirib, muvaqqat hukumatga arz qilishga kirishdi. Oqibat shu bilan tuga-di: yangi saylangan Skobelev va okrug sudi prokurori Mirmoʻminboyev ustidan jinoiy ish qoʻzgʻadi.
Akmal Akrom oʻgʻli maqolasida bayon qili-shicha, 1917-yil 17-may kuni Andijon shahri ijtimoiy tashkilotlar vakili Brizgalov yuqorida tushgan arizalar asosida maʼruza soʻzlaydi. U Mirmoʻminboyevga quyidagi ayblarni qoʻyadi:
“1. M.Mirmoʻminboyev turli yoʻllar bilan Andijondagi «Shoʻroi Islomiya” tashkilo-tida faqat oʻz ixtiyoriga boʻysunadigan reak-sion organ tashkil etgan.
2. Bu organ komissarlar postiga Andi-jondagi boshqa tashkilotlar bilan kelish-magan holda faqat oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki umumiy ishonchni oqlamaydigan kishilarni tanlash bilan shugʻullangan.
3. Mana shu organ yordami va qarori bilan bir necha qozini ishdan olib, ular oʻrniga oʻziga tegishli odamlarni qoʻygan.
4. Oʻz aygʻoqchilari orqali xalqni maʼlum kishilarga qarshi qilib qoʻygan. Yaqinlashib kelayotgan qirgʻin faqat boshqa ijtimoiy tashkilotlar aralashuvi natijasida toʻxta-tilgan.
5. Unga qarshi bir nechta jinoiy ish qoʻzgʻa-tilgan va hokazo va hokazo».
Ushbu xabar tarqalishi bilan andijonlik 113 ellikboshi va 33 imom bir tarafdan, aholi ikkinchi tarafdan Turkiston muvaqqat hukuma-ti vakillariga arznoma bilan murojaat etadi. Bu xatda Andijonda boʻlib oʻtgan tartibsiz-liklarning asosiy sababchisi 2-matlubot ja-miyati aʼzosi Temirbekov ekani, u aholiga un berishni toʻxtatib qoʻygani tufayli kambagʻal-lar gʻazabga minib, tartibsizlik boshlangani, bunda Mirmoʻminboyevning hech qanday ishtiro-ki yoʻqligi, binobarin, uning surgun qilini-shi hukumat va xalq orasida qattiq toʻqnashuv-larga sabab boʻlishi ochiq-oydin aytiladi.
Ushbu arznomalar hamda sentyabr boshla-rida boʻlib oʻtgan Andijon musulmonlari uyezd-shahar ijtimoiy tashkilotlari syez-di chiqargan hukm natijasida Mirkomil Mirmoʻminboyev Andijonga qaytib keladi. Lekin Mirkomilboy erkin nafas oladigan kunlar uzoqqa choʻzilmaydi.
1917-yil Oktyabr inqilobi gʻalaba qo-zongach, Mirkomilboyga oʻxshagan boylar chinakamiga taʼqibga uchradi. Ularning yer-suvi, zavodlari va mol-mulki tortib olina boshladi. Chiqib ketish qiyin boʻlgan chohga tushib qolgan Mirkomilboy bolsheviklar hokimiyatini tan olmaydi. Yangi hokimiyat davrida ham unga qarshi fitna va imzosiz xatlar tushishi davom etaveradi. Oxiri yana hibsga olinadi. 1918-yil 22-fevral kuni bolsheviklar egalik qilayotgan Skobelev okrug sudida uning “ishi” koʻrilishi kerak edi. Lekin sudga olib kelishmaydi. Chunki bu paytda u otib tashlangan edi…
* * *
Mirkomil horgʻin, madorsiz, oʻy-xayolga gʻarq, ongsiz tarzda yer qazir edi... Negadir tuproq tafti taniga xush yoqar, agar ruxsat berilganda ozgina muddat qoʻlini botirib turgan boʻlardi. Lekin muhtasham sukunatni uyoqdan buyoqqa talmovsirab borib kelayotgan chuvak askarning odim tovushi buzardi. Ni-hoyat u mahbus qaziyotgan choh odamning beliga kelish-kelmasligini chamaladi-da, chor-at-rofga alanglab olgach, “Boʻladi, toʻxtat”, dedi.
— Oyoq-qoʻlimni yuvib olsam boʻladimi? — deya sekin, ammo qatʼiy ohangda soʻradi boy.
Bu gapni eshitgach, beoʻxshov, yupqa qor qop-lagan xarsangga oʻtirib, xotirjam tamaki tutatayotgan ikkinchi askarni yoʻtal tutdi — tutun tomoqqa yaxshigina tiqildi chogʻi rangi boʻzarib ketdi.
— Oʻsha yoqlarda oʻzlari yuvib qoʻyishadi, tezlash, — dedi u.
Mirkomilboy indamadi. Pochasini sho-shilmasdan qayirdi. Shu holida ufqqa, aniqrogʻi, ufqni toʻsib turgan qaragʻaylarga uzoq tikildi. Havo sovuq boʻlsa ham osmon tip-tiniq. Horgʻinlik uni karaxt qilar, le-kin ruhi tetik edi. Bu rutubatli oʻrmonning sirli shiviriga uzoq quloq tutgisi keldi-yu, oʻyi oxiriga yetmay qattiq silkinib ketdi. Askar turtdi:
— Oʻlging kelyaptimi oʻzi, yoʻqmi? Heh...
Sherigi kuldi. Boyning gʻashi keldi. Bi-roq darhol unutdi. Bu kulrang yopinchiqli sukunatni vujudiga singdirish umidida irodasini jamladi. Ikki kuragining qoq oʻrtasidan yana bir qattiq zarb yedi — qanday boʻlmasin, muvozanatni saqlashga tu-tindi, xayoli yanayam shaffoflashdi. Bu azob, ogʻriqlar taniga kor qilmas, aksincha, bun-da muqaddaslik borday barini birma-bir his qilishni istardi. Mirkomil yelkasi, beli aralash ustma-ust sanchilayotgan, aʼzoi badanini oʻpirib-qoʻporib oʻtayotgan qoʻrgʻo-shin sochmasining goʻyo oʻziga daxli yoʻqdek shom qoʻshigʻini tinglar, moviykoʻz soqchi esa talvasada ustma-ust tepki bosayotgan edi… Mirkomilboy uchun hukumat, badjahl amal-dorlar, chaqimchi yaloqxoʻrlar, uni butun umr taʼqib etgan dushmanlari allaqachon arzi-mas narsaga aylangan — uning uchun bu yorugʻ dunyoda xolis niyat-la boshlagan va taassuf-ki, bitmagan amalining roʻyobini tasavvur qilishdan oliyroq muddao qolmagan edi…
* * *
Komil Yashin “Yodnoma” xotirasida Mirkomilboy nomini koʻp tilga oladi. “Andijonni yotqizib-turgʻizadigan Mir-komilboy hammaning ogʻzida edi, — deb yozadi adib. — U oʻttiz millionga qurbi yetadigan toʻrtta zavod, yetti yuz desyatina-dan ortiq yer-suv egasi boʻlib, shahardagi chor amaldorlariyu mahalliy boylar yugur-daklari qatorida yurishardi. Mirkomil ulardan kattaroqlar bilan gaplashar, may-dalarni sariq chaqaga ham olmasdi”.
Bitikda salbiy ohang seziladi. Ammo jamiyat, davr, boylik va kambagʻallik hodi-sasini haqqoniy tahlil qilsak, yaqin oʻtmi-shimizdagi voqealarni mushohada tarozisiga qoʻysak, kaftimizga birmuncha oʻzgacha xulosalar toʻkiladi. Boyning oddiy odamlarga munosabati xususida bir narsa deyish qiyin. Ammo u bajarmoqchi boʻlgan ezgu ishlarni bilgan odam Mirkomilboyning Komil Yashin yozganidek zulmkor, qattiqqoʻl va ziqna ekaniga beixtiyor shubha bilan qaraydi. Bu oʻrinda xotira boy-badavlat odamlar ashaddiy xalq dushmani deb qaraladigan davrda bitilgani-ni hisobga olmoq lozim.
Chindan ham yaqin oʻtmishda odamlar qal-biga boy, ishbilarmon kishilarga nisbatan nafrat urugʻi sochib kelindi. “Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!” degan shior bilan yashagan fuqarolar, nafaqat sinf va tabaqalar, hatto turli kasb egalari oʻrtasida choh qazilib, chuqurlashtirilgan edi. Shoʻro davlati tinimsiz rivojlantirib kelgan bu manfur siyosatning birdan-bir maqsadi oʻzi shu edi — barchani bir-biriga gijgijlash, xalqning boshini qovushtirmaslik.
Bugun esa kecha boy-badavlatligi uchun quvilgan, qirilgan, badargʻa etilgan ota-bo-bolarimizning ezgu ishlari, hayot yoʻli, turmush tarzi, ogʻriqlarini oʻrganar ekanmiz, buni yanada ommalashtirish, ularga bugungi kun nuqtayi nazaridan baho berishimiz oʻzligimiz, asl tariximiz oldidagi masʼuliyat, burchni ado etishda iroda namoyish etayotga-nimizdan dalolat beradi.
Nihoyatda uddaburon, keng fikrlaydigan, ishning koʻzini biladigan hamda xalq bo-shiga musibat tushganda jonbozlik koʻrsata olgan bu insonning qaygʻuli qismati istiq-lolimizni qadrlash, bugun mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imko-niyatlardan yanada samarali foydalanishga daʼvat etadi.
Azizbek YUSUPOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri