Afrika va Markaziy Osiyo davlatlaridagi sahro chigirtkasi mamlakatimiz hududiga qancha zarar etkazdi?

    Agrosektor 12 Iyun 2020 3889

    Qishloq xo'jaligi vazirligi bu haqda ma'lumot berdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizning janubiy viloyatlariga ulkan chigirtkalar galasi uchib kelayotgani, u koronavirus pandemiyasi, Buxoro va Sardobadagi falokatlardan keyingi ofat bo'lishi mumkinligi keng muhokama qilinmoqda. Bu boradagi qator masalalar yuzasidan vazirlikka ham savollar kelmoqda, murojaatlar yuborilmoqda.

    Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko'ra, 2020 yilda respublika bo'yicha zararli chigirtkalarni 597,9 ming gektarda tarqalishi va kimyoviy ishlov o'tkazilishi bashorat qilingan. Bu boradagi kurash tadbirlari bo'yicha dasturlar ishlab chiqilib, joylarga etkazilgan.

    Qayd etish kerakki, yurtimizning har bir viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlari mavjud. Kurash tadbirlarini muvaffaqiyatli o'tkazish bo'yicha texnika, yoqilg'i moylash materiallari va kimyoviy vositalar zahirasi to'liq yaratilgan. Buning uchun 152 ta traktor OVX purkagichlari, 301 ta motorli qo'l purkagichlari, 35 ta avtomashinaga o'rnatilgan UMO purkagichlari, 7 ta motodel`taplan, 1 ta gaz-66-01 o'rnatilgan FM-40 purkagichi, 2 ta tritsiklga o'rnatilgan shlangli purkagich, 55 ta vodovoz va 653 nafar ishchi jalb etilgan.

    Ayni vaqtda zararli chigirtkalarni 403,3 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 382 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o'tkazildi, jumladan, Qashqadaryo viloyatida 94 ming gektarda, Surxondaryoda 84 ming gektar, Jizzaxda 88 ming gektar, Qoraqalpog'iston Respublikasida 30 ming gektarda, Samarqandda 21 ming gektar, Toshkentda 19 ming gektar, Navoiyda 22 ming gektar, Buxoroda 11 ming gektar, Farg'onada 3 ming gektar, Sirdaryoda 5.4 gektar, Andijonda 2.4 gektar, Namangan viloyatida 2.8 gektar va xorazm viloyatida 2 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o'tkazildi.

    Ma'lumot o'rnida aytadigan bo'lsak, hozirda Afrika va Markaziy Osiyo davlatlarida sahro chigirtkasi yoppasiga ko'payib, 15 million gektar maydonda ko'chib yuribdi. Afg'oniston, eron, Sudan, efiopiya, Misr davlatlariga sahro chigirtkalari keltirgan zarar 500 million dollardan oshib ketdi.

    CHigirtkalar barcha qishloq xo'jalik o'simliklarini zararlaydi: arpa, bug'doy, oq jo'xori, tariq, makkajo'xori, tamaki, beda, g'o'za va poliz ekinlariga ayniqsa katta zarar etkazadi. YOppasiga ko'paygan yillarda tok va mevali daraxtlarning barglari bilan ham oziqlanadi. Ushbu zararli hasharotlar O'zbekiston hududida qadim zamonlardan buyon mavjud. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan asrning birinchi yarmida ko'plab ocharchiliklarga sabab bo'lgan.

    Demak, ular keltiradigan iqtisodiy zarar juda yirik bo'lishi mumkin. Misol uchun, 1982 yilda yurtimizda Marokash chigirtkasi yoppasiga ko'payish oqibatida 40 ming gektar paxta, 30 ming gektar g'alla va 10 ming gektar maydonidagi tomorqa ekinlari nobud bo'lgan. 2009 yilda esa qo'shni davlatlardan marokash chigirtkasining yoppasiga uchib o'tishi oqibatida birgina Muzrobot tumanida 2000 gektar maydondagi paxta hosili barbod bo'lgan.

    Ayni vaqtda yurtimizda 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan bo'lib, to'da hosil qilib yashovchi Marokash, Osiyo va voha chigirtkalari shular sirasidandir. SHu kunlarda yurtimizda marokash chigirtkasi keng tarqalgani hisobga olinib, kimyoviy kurash olib borilayotgan maydonlarda asosiy e'tibor marokash chigirtkasiga qaratilmoqda. Bu turdagi chigirtkalar keng tarqalgan tarixiy maydonlarning aksariyat qismi davlatlararo transchegaraviy hududlarga to'g'ri keladi. Ko'payish maydonlari tog' va tog' oldi yaylovlariga to'g'ri keladigan marokash chigirtkasi shu kunlarda qanot chiqarib, urichiy boshladi. Tabiiy nobud bo'lish davrini esa 20-25 kundan so'ng kuzatish mumkin.

    Bu oilaga mansub qizil sahro chigirtkalari ham xavfli bo'lib, ular juda yirikligi bilan ajralib turadi. Xususan, kattaligi 7 santimetr bo'lgan bu hasharotlar shamol yordamida 2-6 ming kilometr masofagacha bemalol uchib o'ta oladi. Bular uchib uzoq hududlarga, mamlakatdan mamlakatga ko'chib o'tishi uchun qanot chiqarib, voyaga etishi kerak. Bunga esa chigirtkalarga qarshi kurash xizmati aslo yo'l bermaydi.