Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi «Tibbiyot fanlari» yo'nalishidagi Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig'ilishida “O'tkir respirator virusli infektsiyalarga qarshi mavjud mahalliy dori preparatlarini COVID-19 koronavirusini davolashda foydalanish maqsadida ularning tezkor laboratoriya sinovlarini o'tkazish va samarali vositalarni tanlash”loyihasi muhokama qilindi.
Yig'ilishda ishtirok etgan Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik SHavkat Salihov o'zi rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasada so'nggi 20 yil mobaynida o'simlik xomashyosidan dori preparatlari ishlab chiqarilayotgani, ularning samaradorligi yuqoriligi va nojo'ya ta'sirga ega emasligi haqida ma'lumot berdi.
Hozirda mazkur instiutut olimlari tomonidan Rutan, Getosan, Punitan, euforbin, Megosin, Gozalidon, Mebavin, Ragosin va Rometin kabi 20 ta dori preparatlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etilgan.
O'tkir respirator virus infektsiyalarining aksariyat qo'zg'atuvchilari singari SARS-CoV-2 tojli virusi RNK-virus hisoblanadi. SHu bois Bioorganik kimyo instituti tomonidan ishlab chiqilib, A-N3N2 va H1N1 grippi, V grippi, inson immunitet tanqisligi virus va boshqa virus infektsiyalarini davolash uchun tibbiy amaliyotga tatbiq etilgan dori vositalari universal ishlab, SARS-CoV virusiga ham qarshi ishlashi mumkin deb taxmin qilinmoqda.
- Odatda organizmda immun javobning giperergik, normaergik va gipoergik variantlari bor. Demak virus tushganda odam organizmi unga nisbatan giperergik (kuchli), normaergik (o'rtacha), gipoergik (kuchsiz) immun javob beradi. Bu esa odamiga bog'liq, ya'ni har odamda turlicha bo'ladi, — deydi SH. Salihov. — endi tasavvur qiling, agar bir odamda virusga nisbatan giperergik (kuchli) immun javob bo'layotgan bo'lsa va biz unga yana qo'shimcha ravishda immun tizimini kuchaytiruvchi Rutan singari immunostimulyatorlarni qo'shimcha bersak, u immun tizimining lashkarlari hisoblangan tsitokinlar sinfiga kiruvchi interferonlarning sintezini kuchaytirib beradi. Demak, o'zi kuchli immun tizimiga ega bo'lgan organizmni yana ham kuchaytiryapmiz.
- COVID-19 virusi nafas yo'llari to'qimalariga moyil bo'lib, uning to'qimalariga, ya'ni endoteliysiga o'rnashib oladi, — deb fikrini davom etdi akademik Salihov. — SHunda tabiiy immun tizimi tanani virusdan xalos qilishga urinib, endoteliyni virusdan tozalashga harakat qiladi. SHu vaqtda agar giperergik (kuchli) immun javobga ega bo'lgan odamlarga Rutanga o'xshagan immunostimulyator berilsa, u erda «TSitokinli shtorm» kuchayib ketib nafas yo'lini kuchli yallig'lanishni keltirib chiqaradi va natijada organizm o'zini o'zini nobud qilishi xam mumkin.
OAVda Rutanning koronavirusgani davolashda samarasiz degan fikrlarga Akademik salihov quyidagicha javob berdi:
– Ma'lumki, Rutan preparati avval O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligidan interferon induktori sifatida ro'yxatdan o'tib, dori vositasi sifatida tibbiy amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan edi. Lekin uning oxiriga vaqtlarda Xitoylik olimlar tomonidan koronavirusga in vitro (model` laboratoriya sharoitida) tekshirish natijalari virusning rivojlanishiga javob beruvchi 3CL-proteaza fermentining faolligini ingibirlashini ko'rsatdi. Demak bu boshlang'ich natija bo'lib, tayyor dori vositasi bo'lgan Rutan preparatining ikkinchi funktsiyasi hisoblanadi. Lekin bu laboratoriya sharoitida model` test sistemadan olingan natijalarga ko'ra koronavirusni davolashda potentsial ahamiyatga ega bo'lgani tufayli uni tibbiy amaliyotda sinab ko'rish uchun berilgan. Demak Rutanni COVID-19 ga chalingan be'morlar orasidagi immun statusi faqat normaergik (o'rtacha), yoki gipoergik (kuchsiz) javobga ega bo'lgan patsientlarga berish mumkin. SHunda uning samarasi ko'rinadi deb o'ylayman. OAVda interv`yu bergan mutaxassis Rutanning faqat immunostimulyator sifatida biladi, ya'ni uning instruktsiyasiga ko'ra ikkinchi, yangi xususiyatini esa bilmaydi.
SHunday qilib, Rutan koronavirus infektsiyasini bevosita davolamaydi. U immun tizimini ko'taradi, boshqa dorilar bilan birgalikda sezilarli samara beradi. Koronavirus infektsiyasining oxirgi bosqichlarida bemorlarga qo'llash mumkin emas. U dastlabki bosqichda yoki profilaktika maqsadlarida muvaffaqiyatli qo'llaniladi.