Vaholanki, mazkur patologiya — butunlay oldini olish mumkin boʻlgan onkologik kasallik. Buning uchun uni erta aniqlash, tashxislash zarur. Shu tariqa kasallanish va oʻlim holatlarining oldini olishga erishish mumkin.
Ayni sababdan JSSTning bachadon boʻyni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish boʻyicha global strategiyasida 9-14 yoshdagi qizlarni odam papilloma virusiga karshi emlash tavsiya etilgan.
Qolaversa, ushbu xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi diagnostika vositalari, samarali muolaja kurslari allaqachon tibbiy amaliyotda qoʻllanilmoqda.
Biroq baʼzi oʻrta va past daromadga ega mamlakatlarda bu ikmkoniyatlar chegaralangan. Oqibatda ularda ushbu patologiyadan oʻlim koʻrsatkichi 94 foizga yetgani achinarlidir.
JSSTning tegishli strategiyasiga koʻra, 2030-yilga borib quyidagi uchta global maqsadni toʻliq amalga oshirish belgilangan:
Qizlarning 90 foizini odam papilloma virusiga qarshi toʻliq emlash.Ayollarning 70 foizini oʻz vaqtida skrining tekshiruvidan oʻtkazishni taʼminlash. Saratonoldi holatlar aniqlangan ayollarni davolash qamrovini 90 foizga yetkazish.
Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlarni emlash qamrovini oshirish va soddalashtirilgan skrining dasturlarini yaratishni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2019-yildan boshlab milliy emlash kalendariga bachadon boʻyni saratoniga qarshi qoʻllaniluvchi OPV vaksinasi kiritilgan boʻlib, har yili 9 yoshli 350 ming nafardan ortiq qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanmoqda.