Altsgeymer kasalligining davosi 2040-yilgacha topilishi mumkin

    Tadqiqot olib borgan Buyuk Britaniyalik olimlar kasallikka ta'sir ko'rsatuvchi dori shu yil oxirigacha sotuvga chiqarilishi mumkinligini aytmoqda.

    Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti qoshidagi Demans tadqiqotlar instituti direktori, professor Julie Uilyamsning aytishicha, gen terapiyasi va xalqaro tadqiqotlar har kuni olimlarga kasallik haqida ko'proq ma'lumot bermoqda. Uning tadqiqot guruhi progressiv kasallik rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradigan 92 genni aniqladi, deb xabar bermoqda Telegraph.co.uk.

    Olimlar 2009-yilda o'z tadqiqotlarini boshlaganlarida genlaning faqat uchtasini bilishgan edi.

    — Ishlar tezlashmoqda va yaxshilanmoqda", dedi 30 yildan beri Altsgeymer kasalligini o'rganayotgan professor Uil`yams. — So'nggi yetti yil ichida men oldingi 20 yildagiga qaraganda ko'proq narsani o'rgandim.

    Uning so'zlariga ko'ra, ushbu kasallikning minglab holatlarini o'rganish unga oddiy dori hech qachon bo'lmaydi, balki uni yurak xastaligi yoki insult kabi davolash kerakligini tushunishga imkon berdi. Bu yerda ko'plab omillar kasallikning rivojlanishiga yordam beradi va bir nechta davolash usullari uni kechiktirish yoki oldini olishga ko'maklashadi.

    — 2040-yilga kelib biz bir qator davolash usullarini taklif qila olamiz deb o'ylayman va ehtimol sababini aniq bilmasmiz, ammo ulardan biri juda ko'p sabablarga ta'sir qilishi mumkin, — dedi u. Ba'zi dorilar allaqachon boshqa kasalliklar uchun tasdiqlangan. Ular keyingi besh yil ichida klinik amaliyotda qo'llanilishi mumkin.

    Altsgeymer kasalligi — bu miya kasalligi va demansning eng keng tarqalgan turidir. Kasallik Buyuk Britaniyada 50 yoshdan oshgan odamlar o'limining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

    Tadqiqotlari uchun CBE unvoniga sazovor bo'lgan professor Uil`yams shunday dedi: "Qayerga qarashni boshlashni bilganingizdan so'ng, siz genlarning ma'lum bir miya faoliyatiga ta'sirini o'rganishingiz mumkin. 1990-yillarda millionlab qiymatga ega bo'lgan testlar endi taxminan 30 funt sterlingga o'tkazilishi mumkin. Masalan, biz bilamizki, nuqsonli genlar mikrogliya deb ataladigan immunitet hujayralarining ishlashini o'zgartiradi. Bular miyaning axlat mashinalari bo'lib, ular axlat deb hisoblagan narsalarni tozalaydi. Ular haqiqiy qoldiqlarni tozalashda samarasiz bo'lishi va noto'g'ri miya hujayralarini, shu jumladan, sinapslarni yo'q qilishi mumkin. Albatta, sinapslar neyronlar orasidagi bog'lanishlardir, shuning uchun agar ular yo'q qilinsa, siz aloqalarni yo'qotasiz, fikrlaringizni yo'qotasiz, xotiralaringizni yo'qotasiz."

    Bu olimlar tarixda birinchi marta dori Altsgeymer kasalligini sekinlashtirishi va xotira buzilishini kamaytirishi mumkinligini aniqlagandan so'ng sodir bo'ldi.

    Lekanemab — bu har ikki haftada bir marta tomir ichiga yuboriladigan dori va noyabr oyida e'lon qilingan ma'lumotlar shuni tasdiqladiki, u ta'sirlangan odamlarda kognitiv pasayishni 27 foizga sekinlashtiradi.

    Olimlarning fikricha, kasallikning "oxiri boshlanishi" bo'lishi mumkin bo'lgan dori shu yil oxirigacha sotuvga chiqariladi.

    Muzaffar ABDUHALILOV tayyorladi.