Mart oyi o‘rtalarida Amerikaning Yangi Angliyasida olimlar juda noyob manzaraga guvoh bo‘lishdi - ular qirg‘oq bo‘ylab suzayotgan kulrang kitni (Eschrichtius robustus)ni ko‘rishdi.
Okean hayoti markazi vakili Anderson Kabot bayonotiga ko‘ra, mart oyining o‘rtalarida havodan o‘tkazilgan tadqiqot davomida olimlar Massachusets shtatining Nantuket shahridan (48 kilometr) janubda suzayotgan bir kitni payqashdi. Ovda bo‘lgan jonivor suv tubiga kirib, birozdan so‘ng yana suv yuzasiga chiqdi, Samolyot bortidagi olimlar uni harakatda tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Mutaxassislar qaysi kit bilan uchrashganliklarini taxmin qilishdi, biroq ular Nyu-England akvariumiga qaytgunlaricha to‘liq ishonch hosil qilishmadi.
Mutaxassislar kit shimol tomon uzoqqa suzib ketganligi sababini taxmin qilib bunga iqlim o‘zgarishi katta taʼsir ko‘rsatmoqda deyishdi. Chunki, Atlantikani Tinch okeani bilan bog‘laydigan Kanada shimoli-g‘arbiy dovoni so‘nggi yillarda global isish taʼsirida muntazam ravishda muzdan xoli bo‘lgan.