CHigit ekish ishlari boshlandi

    Ayni kunlarda yurtimiz bobodehqonlari, quyosh nurlarining tafti zamin uzra taralayotgan iliq kunlarda, erning tobida etilganidan foydalanib, daladagi ishlarini hamjihatlikda, tezkorlik bilan olib borishmoqda.

    Erdan mo'l va sifatli hosil etishtirishda agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida maromiga etkazib bajarish, mavjud resurslar, mineral va mahalliy o'g'itlar hamda sug'orish suvidan unumli foydalanish, har bir dehqon, paxtakor va fermerning asosiy burchidir.

    Bugun, Piskentliklar katta taraddud va ezgu niyatlar bilan chigit ekishga kirishdilar. SHu munosabat bilan tumandagi “GOOGLESHTER GROUP” MCHJ dalasida ko'rgazmali seminar ham bo'lib o'tdi.

    O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri J.Xodjaev ishtirok etgan tadbirda, viloyatining mutasaddilari, sektor rahbarlari, soha vakillari va fermerlar qatnashdi.

    Seminarda so'zga chiqqanlar, qisqa muddatlarda chigitni ekib, undirib olish, g'o'za parvarishlash, mo'l hosil etishtirish bo'yicha o'zaro mulohazali, mushohadali, qizg'in fikr almashdilar.

    Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Ulug'bek Uzoqov o'z so'zida yurtimizda soyani g'o'za bilan birgalikda etishtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, o'simlik moyi ishlab chiqarishni ko'paytirish, chorva hamda parranda uchun sifatli va to'yimli ozuqa etishtirish imkoniyati oshirilishini ham ta'kidlab o'tdi.

    - Joriy yilda tumanimizdada jami 7800 gektar maydonga “Sulton”, “Kelajak”, “S-6524” navli urug'lik chigit ekiladi, – deydi Piskent tuman hokimi Rahimjon Rixsiev. – Tumanimizda bu yil tajriba tariqasida chigit bilan qo'shib, hamkor ekin sifatida 3000 gektar maydonga soya ekish rejalashtirilgan. Soya g'o'za bilan birga ekilsa, bitta maydondan ikki barobardan ziyod daromad olish mumkinligi aksariyat fermerlarimizni qiziqtiradi. Bundan tashqari, yana ko'proq odamlarni ish bilan ta'minlash imkoni yaratiladi. Soya moyidan, chorva uchun xaridorgir, omuxta em olish mumkin. Bu bir maydondan ikki hissa daromad keladi, deganidir. Asosiy maqsadimiz esa, bu yilgi ekin ekish mavsumni qisqa muddatlarda, sifatli, samarali yakunlash, ulkan, barakali xirmon va hosil olish uchun dastlabki tamal toshini mustahkam qo'yishdir...

    Tajribali fermerlarning ta'kidlashicha, pnevmatik seyalka yordamida har gektariga 200 kg fosforli o'g'it bilan chigit ekilmoqda. CHigit ekish ishlarini to'g'ri tashkil etish, mavsumni samarali o'tkazishda 64 ta er tekislovchi va 32 ta pnevmatik yuqori unumli texnika shay holatga keltirilgan.

    Bu yil 7800 gektarda paxta etishtiriladi. Tadbir doirasida viloyatning nuroniy otaxonlari, tejribali dehqon va fermerlar ishtirokida yil serdaromad kelishi, erga qadalayotgan chigit barakali bo'lishi niyat qilinib duoga qo'l ochildi.

    ­Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati bergan ma'lumotlarga ko'ra, viloyatining dehqonlari va tajribali fermerlari paxta hosili uchun ajratilgan, er maydonidan yuqori paxta hosil olish maqsadida ekin ekish ishlarini barvaqt va sifatli tugallash bo'yicha, barcha chora-tadbirlarni ko'rmoqda. Ayni paytda viloyatning boshqa tumanlarida ham er maydonlariga chigit ekish ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

    Gulichehra DURDIEVA