Eng kichik quyosh teleskopi ishlab chiqildi

    Iyun oyining oxirida NORBI-2 nanosun'iy yo'ldoshi orbitaga chiqarildi. Unga ultrabinafsha nurlanish diapazonida quyosh sirtini kuzatish uchun mo'ljallangan eng yangi SOL teleskopi joylashtirildi.

    U o'zining o'lchamlari bo'yicha dunyodagi eng ixcham qurilmaga aylandi. Uning og'irligi 2 kilogramm bo'lib, o'lchami 200 x 100 x 100 millimetrdan oshmaydi.

    Rossiya ilmiy jamg'armasi ko'magida qator Rossiya institutlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu teleskopning asosiy vazifasi quyosh yuzasidagi chaqnashlarni kuzatishdan iborat.

    SOL teleskopi mutaxassislarga Quyoshda sodir bo'ladigan deyarli barcha chaqnashlarni kuzatish imkonini beradi.

    Bortida SOL teleskopi bo'lgan NORBI-2 belgilangan orbitaga yetib keldi, ilmiy asbob-uskunalarni ulash va sinovdan o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, orbitaga chiqqandan keyin teleskopning holati to'g'risida dastlabki ma'lumotlar shu oyning o'rtasida ma'lum bo'ladi.

    Hozirda orbitada boshqa mahalliy quyosh teleskoplari mavjud emas va SOL Rossiyada Quyosh yuzasini kuzatish uchun ishlab chiqilgan mazkur turdagi birinchi teleskop bo'ldi, deb xabar beradi techcult.ru.