Eshitish qobiliyatini yo'qotganlarni davolashning yangi usuli topildi

    Virjiniya universiteti tibbiyot fakulteti olimlari eshitish qobiliyatini yo'qotganlarning quloq hujayralarini tiklash usulini ishlab chiqishdi.

    Mazkur yangilik eshitish qobiliyatining qarish tufayli yo'qolishining oldini olish va davolashda yangi yo'nalish sifatida qaralmoqda.

    Quloq hujayralari ichki quloq yuzasini qoplaydi va odamning eshitish qobiliyatini ta'minlaydi. Hujayralarning cho'zilgan tuzilmalari sochlarga o'xshaydi va tovush to'lqinlarining tebranishlarini ushlash uchun o'ziga xos antennadir.

    Ilgari zararlangan bu hujayralar nobut bo'ladi, tiklanmaydi, deb qaralgan. Endi esa mutaxassislar buning aksini isbotlashga muvaffaq bo'lishdi.

    Kuchli shovqinga duchor bo'lganda, hujayralar turli yo'llar bilan, shu jumladan aktin bazasiga zarar yetkazish orqali shikastlanadi. Ushbu hujayralar, shuningdek, yadroviy shikastlanishga javob beradigan XIRP2 oqsilini ishlab chiqaradi. Tadqiqot davomida jamoa XIRP2 shikastlanganligi to'g'risida signal qabul qilishini va keyin bazani yangi aktin bilan tiklash uchun jarohat joyiga o'tishini aniqladi.

    Kelajakda mazkur hujayralar yadrolarini tiklashni o'rganishga qaratilgan qo'shimcha testlarni o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu jarayonni tushunish eshitish qobiliyatining yo'qolishi bilan bog'liq xastaliklarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqishga yordam beradi, deb xabar beradi lenta.ru.