Mazkur muloqot Oʻzbekistondagi islohotlar dasturini muhokama etish va qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha 80 dan ortiq hukumat hamkorlari va xalqaro institutlarni birlashtirdi.
Tadbir ishtirokchilari “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining qishloq xoʻjaligi, energetika xavfsizligi va qonun ustuvorligi kabi ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlovchi 13 ta tarmoq ishchi guruhi doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligida Yevropa Ittifoqi Kotibiyati yordami bilan tashkil etilayotgan Mamlakat Platformasi yigʻilishlar samarali muvofiqlashtirilgan hamkorlik orqali strategik rivojlanishda koʻmaklashish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror oʻsishini taʼminlash uchun xalqaro tajriba, resurslarni toʻgʻri safarbar etish hamda texnik yordam berishdan iborat. Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov oʻzining kirish soʻzida quyidagilarni qayd etdi: “Mamlakatimizda har bir sohasida rivojlanish boʻyicha hamkorlar va hukumat oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlik Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab qoʻyilgan islohotlarning ustuvor maqsadlariga erishishni taʼminlaydi, bu esa barchaga yanada farovon va barqaror kelajakni yaratishni belgilab beradi. Strategik islohotlar agentligi vazirlik va idoralarning rivojlanish boʻyicha hamkorlar bilan oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtirishda, Prezidentimizning PQ-109-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlashda va umuman, davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik va masʼuliyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi”.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzoligini qoʻllab-quvvatlash, hukumatning 2026-yilgacha JSTga aʼzo boʻlish kabi hukumat maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashda muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlarning ahamiyatini muhokama qildilar.
Joriy yil may oyida Mamlakat Platformasining qoʻllab-quvvatlash funksiyalari Jahon bankidan Yevropa Ittifoqi zimmasiga topshirildi, va ushbu jarayon 2025-yil oxirigacha davom etadi. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adriayen: “Yevropa Ittifoqining Mamlakat Platformasiga hamrais boʻlishi hamda Oʻzbekiston hukumati va rivojlanish boʻyicha hamkorlar oʻrtasida ushbu mexanizmning ochiq muloqotga, shuningdek, hamkorlik va kooperatsiyalashuv maydoniga aylantirish sharafiga erishdi. Bizning umumiy maqsadimiz – Oʻzbekistonni islohotlar yoʻlida qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir. Platforma – bu birgalikda saʼy harakatlarni birlashtirish, birgalikda yondashish, farovonlik, barqaror rivojlanish va hech kimni ortda qoldirmaslik imkoniyatidir”, – deb taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida hukumat va rivojlanish boʻyicha hamkorlar Oʻzbekiston xalqi manfaati yoʻlida oʻz vaqtida islohotlarni ilgari surish maqsadida Kotibiyatga ish rejalarini taqdim etish, muntazam ravishda qoʻllab-quvvatlash va axborot almashinuvini taʼminlashga kelishib oldilar.
Strategik islohotlar agentligi.