Ma'lumki, suvga doir munosabatlar “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida”gi Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv to'g'risidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan “O'zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibi to'g'risida”gi Nizom tasdiqlangan bo'lib, joylarda qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan suvga doir munosabatlarda mazkur tartib talablariga rioya etilayotganligi “O'zagroinspektsiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman bo'limlari tomonidan o'rganilib kelinmoqda.
2020 yilning noyabr oyida “O'zagroinspektsiya” va uning quyi tuzilmalari tomonidan joylarda belgilangan tartibda o'tkazilgan o'rganishlarda jami 6606 ta holatda kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi:
Xususan, Suv xo'jaligi tizim tashkilotlari hisobida bo'lgan irrigatsiya tizimlarida 880 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 569 ta suv olish joylaridagi suv o'lchash vositalari nosozligi, 296 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 440 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi.
Misol uchun, Qamashi tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “O'ng qirg'oq” kanalining “Tarmoq-2”, Muborak tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “UR-9” kanalining “Omad Olam Orzusi”, Nishon tumani irrigatsiya bo'limi hisobidagi “R-10” kanalining “Nishon istiqboli”, Toshrabot-O'rtacho'l irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi “Yangi ariq” kanalining “Uoba”, “Abumuslim” kanalining “Xusharti”, Mingbuloq tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Zardaryo” kanalining “Xojiboy”, Zardaryo irrigatsiya tizim boshqarmasi hisobidagi “Namangan taqsimlagich” kanalining “X-1-2”, ”X-5”, ”X-5-1”, Oqdaryo tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Yangi CHorjuy” kanalining “Beshlik”, Urgut tumani irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Navruz” kanalining “Gulobod”, Payariq tumani irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Qora ariq” kanalining “Miroshim-1”, “Xasan”, Kattaqo'rg'on tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Saroy-2”, Guliston tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Axmad” kanalining “PK-33-00”, “PK-36+00”, Bo'ka tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “RB-2” kanalining “PK-00”, “Gijgen” kanalining “PK-352+00” suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Shuningdek, Namangan viloyati nasos stantsiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Mingbuloq tumanida joylashgan “Mingbuloq” va “Guliston”, Samarqand viloyat nasos stantsiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Urgut tumanida joylashgan “Darg'om-1”, Taxiatosh tumani irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Keneges” kanalining “PK-34+00”, Qumqo'rg'on tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “MK-1.1” kanalining "Truba-22-Temur", "Quloq-3R-3", "Truba-4-Rashid" va "Truba-2", Toshloq tuman irrigatsiya bo'limi hisobidagi “Zarken” kanalining “Ramadon”, “Xo'jaariq” “Xonariq” hamda “Qoratepa-2” suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmagan.
Bundan tashqari, Suv iste'molchilari uyushmalari, fermer xo'jaliklari va klasterlar tomonidan ishlatilayotgan sug'orish tarmoqlaridagi 1539 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 1164 ta suv olish joylari suv o'lchash vositalari bilan jihozlanmagan. 1126 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmaganligi, 1142 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv iste'molchilari o'rtasida suv iste'moli bo'yicha shartnomlar tuzilmaganligi aniqlandi.
O'rganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “O'zagroinspektsiya”ning quyi tuzilmalari tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 954 ta (339,4 mln.so'm) ma'muriy, 1110 ta (1 mlrd. 110 mln.so'm) jarima sanktsiyalar qo'llanildi. 603 ta holat yuzasidan to'plangan hujjatlar ko'rib chiqishlik uchun ma'muriy sudlarga kiritilishi ta'minlandi.
O'z navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko'rish to'g'risida 765 ta yozma ko'rsatma va taqdimnoma kiritildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 3892 ta suvdan foydalanuvchilar va suv iste'molchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Bugungi kunda "O'zagroinspeksiya" tomonidan nazorat tadbirlari belgilangan tartibda o'tkazilib kelinmoqda.
"O'zagroinspeksiya" Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan suv
resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo'limi