Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan “A.G.” MCHJning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan “Orbit” nomli mahsulot yorligʻi ostida tayyorlangan 18 ming dona saqichni fuqaro J.A.ga 54 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.