Chunki so‘nggi haftalarda norka, tulki, dengiz mushugi kabi bir qator sut emizuvchilar turkumiga mansub yovvoyi hayvonlarda parranda grippi (H5N1) virusi aniqlandi.
Vaholanki, 1996 yildan buyon bu xastalik yovvoyi qush va mahalliy parrandalar orasida avj olayotgan edi. Endi esa u sut emizuvchilar turkumiga mansub jonivorlarga yuqayotgani xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.
To‘g‘ri, ushbu xastalik kamdan kam holatlarda odamlar o‘rtasida tarqalishi qayd etilgan.
“Ammo bu holat kelajakda ham faqat shunday davom etishini taxmin qilolmaymiz, — deydi T. Gebreyesus. — Shunday ekan, har qanday o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Odamlar esa infeksiyadan zararlangan va kasallikdan o‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.”
JSST rahbarining ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi barchamiz uchun saboq bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, hozir koronavirus bilan kurashish tajribasiga egamiz. Ammo qurbonlar ko‘p bo‘ldi va hozir ham kasallik minglab bemorlar o‘limiga olib kelmoqda.