«Yeni Ozbekistan»: O'zbekiston xalqi mamlakatni yangi pog'onaga olib chiqishga intilayotgan etakchisiga ishonadi

    Dolzarb 19 Iyun 2020 2030

    Turkiyada «Yeni Ozbekistan» («Yangi O'zbekiston») jurnalining navbatdagi soni nashr etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

    Jurnalda chop etilgan aksariyat materiallarda O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida olib borilayotgan tub islohotlar Turkiya ijtimoiy-siyosiy jamaotchiligi diqqat e'tiborida turganligi qayd etilgan.

    Mualliflar O'zbekiston xalqi samarali islohotlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali respublikani yangi pog'onaga olib chiqishga intilayotgan etakchisiga ishonishini ta'kidlagan.

    Turkiyaning «AnkaSAM» tahliliy markazi direktori, professor Mehmet erolning ta'kidlashicha, ushbu nashr O'zbekistonni modernizatsiya qilishning tub jarayonlari, respublika va uning mintaqalari iqtisodiyoti, sayyohlik, fan va texnologiyalar sohalaridagi o'sib borayotgan salohiyati haqida batafsil ma'lumot beradi.

    Ushbu sonda qator maqolalar O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati va jozibador sarmoyaviy muhitiga bag'ishlangan. Xususan, keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish, mahalliylashtirish dasturi, mahsulot ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini takomillashtirish natijalari batafsil bayon etilgan.

    Jurnalning alohida qismida O'zbekiston tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimizning islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi haqida materiallar e'lon qilingan. Unda Imom Buxoriy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg'ariy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy va Abu Mansur Moturidiy kabi taniqli olim va mutafakkirlarning faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar mushtariylar e'tiboriga havola etilgan.

    Jurnal o'quvchilari, shuningdek, o'zbek xalqining urf-odatlari, milliy hunarmandchilik an'analari va o'zbek milliy taomlarining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishishi mumkin.

    Bundan tashqari «Xiva – 2020 yilda turkiy dunyo madaniy poytaxti» va «Buxoro – 2020 yilda islom madaniyati poytaxti» mavzuiga bag'ishlangan maqolalar ham turk o'quvchilarini bee'tibor qoldirmaydi.

    Jurnalda mamlakatimizning turli mintaqalariga fotosuratlar orqali ekskursiya qilish imkoniyati taqdim etilgan. Jumladan, Toshkent, Samarqand, SHahrisabz, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlaridagi tarixiy, me'moriy yodgorliklar to'g'risida fotoocherklar o'quvchini mamlakatimizga safar qilishga undaydi.

    Ushbu mavzudagi maqolalarda O'zbekistonning qadimiy shaharlari SHarqning rang-barangligi, milliy ruhi va betakror go'zalligini o'zida mujassam etgan Buyuk ipak yo'lining durdonalari ekanligi e'tirof etilgan.