Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar va qonun hujjatlari yunalishlariga asosan samarali faoliyat yuritishini ta'minlovchi omillardan biri o'z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi komplaens nazorati — davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to'qnashuvini o'z vaqtida aniqlash va chek qo'yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o'zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
“Komplaens nazorat” tizimini joriy etishning qator samarali omillarga xizmat qiladi. Jumladan, korruptsiya xavf-xatarlarini o'z vaqtida aniqlash va chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qiladi.
Davlat organlari va tashkilotlarning hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to'qnashuvi haqida xabar berish va ularni hal qilish masalalarini tartibga solish va boshqa ustuvor natijalar hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda uning oqibatlari bilan emas, balki uni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash va bartaraf etish samaraliroq. Komplaens-nazorat xizmati ana shunday mexanizmdir.
Bu tizim korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to'qnashuvini o'z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo'yish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni o'z ichiga oladi.
Kadastr soxasi ushbu tizimni tatbik kilishdan maqsad, avvalam bor bu yunalishda xam boshka davlat tashkilotlarida yo'l qo'yilgan kamchiliklar, vazifa va topshiriqlarning ijro holati bo'yicha reyting sezilarli darajada susayganidadir, xamda ayrim xodimlar tomonidan manfaatlar tuknashuviga olib keluvchi omillar yaratilganidir. Natijada, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida Kompleans-nazorat xizmati joriy kilingandan so'ng, soxa xodimlari attestatsiyadan o'tkazilib, korruptsiyaga moyilligi bo'lgan 1 ming 476 nafar (28 %) xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Kadastr agentligi Toshkent shaxar boshkarmasida avvalom bor soxa xodimlari orasida korruptsiyani oldini olish maqsadida, xizmat vazifalarni bajarishda ta'magirlik xolatlariga yul kuymaslik, ichki tartib nizomlarga rioya kilish, vakolatlarini suiste'mol kilmasliklari, manfaatlar tuknashuviga yul kuymaslik, ta'magirlikka berilmaslik, xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshmaslik, ayrim fukarolar tomonidan xodimga nisbatan bosim o'tkazish yoki bo'lmasa o'zlari tomonidan moddiy manfaat taklif kilib evaziga murojatlarini ijobiy ravishda ko'rib chiqishlarini so'rab sinov xolatlariga tushib qolmasliklari maqsadida profilaktik suxbatlar o'tkazish bilan boshlandi.
Kompleans-nazorat xodimining soxada yaxshi tomoni shundan iboratki, tizimda korruptsiya xolatlarini, manfaatlar to'qnashuvini oldini olishga, xodimlarning ta'magirlikka yo'l qo'ymaslikka, doimiy tarzda profilaktik tadbirlarni olib boradi. Xamda ushbu xolatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganib oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va taklif kiritadi.
Komplaens-nazorat xizmati yo'nalishini albatta rivojlantirish kerak. Chunki xar bir davlat tashkilot tizimida ichki nazorat tartibga solinsa, shaffoflik ta'minlansa, korruptsiyaga barxam berilsa, fuqarolarning ishonchi Kadastr soxasiga yanada ortadi.
Hasan NOSIROV,
Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi