Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan bu boradagi ishlar maʼlum bir tartibga solinadigan boʻldi:
kirill yozuvi yozishmalarning oxirgi muddati 2023-yil 1-yanvar, deb qatʼiy belgilab qoʻyildi.
Hozir bu borada tizimli ishlar olib borilyapti.
Jumladan joriy yil 14-iyunda kuni tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari ishtirokida
“Lotin yozuviga oʻtish — integratsiyalashuv omili” mavzusida maʼrifat darsi tashkil etildi.
Dars davomida boʻlimdagi koʻrgazmali axborot matnlari, xodimlarning tegishli meʼyoriy hujjatlari toʻliq lotin yozuvida amalga oshirilishi, shuningdek, 2021-yil 30-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar,
ID-kartalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash, 2022-yil 1-mayga qadar esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, pasportning takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻgʻri yozilishini taʼminlash maqsadida soha xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi belgilab olindi.
Yusuf Nasullayev,
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.