Unga muvofiq:
a) Xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni majburiy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
- davlat ruyxatidan oʻtkazilgan mahsulotlarning davlat reyestrini yuritish;
- davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan mahsulotlarning daliliy hujjatlarini shakllantirish va saqlash;
- davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirish kiritish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tartibi;
- majburiy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mahsulotlar turlarining roʻyxati;
b) Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom:
- mahsulotlarning intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini oʻrganish va tekshirish;
- sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;
- mahsulotlarni sertifikatlashtirish sxemalarini qoʻllash;
- sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy baholash;
- muvofiqlik sertifikatiga oʻzgartirish kiritish tartibi;
v) Xavf darajasi yuqori boʻlmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom:
- muvofiqlikni deklaratsiyalash sxemalari;
- muvofiqlikni deklaratsiyalash hujjatlarini shakllantirish va uni roʻyxatga olish;
- muvofiqlik deklaratsiyasini roʻyxatga olish uchun asos boʻlgan daliliy hujjatlarni shakllantirish va saqlash tartibi;
g) Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom:
- sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;
- sertifikatlashtirishga arizani qabul qilishni rad etish uchun asoslar;
- muvofiqlik sertifikatni tasdiqlash, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish;
- sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish;
- menejment tizimlarini joriy etish hamda oʻqitish boʻyicha ishlar va xizmatlar toʻlovi, uni hisoblash tartibi;
d) Mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar roʻyxatini yuritish, ularni erkin muomaladan chiqarish va utilizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom:
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mahsulotlarni nomuvofiqligini aniqlash;
- nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni savdodan chaqarib olish, utilizatsiya qilish hamda ularning roʻyxatini yuritish;
mahsulotlarni olib kirishni qayta tiklash tartibi tasdiqlandi.
Muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishda quyidagi tartib oʻrnatiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan xavf darajasi yuqori boʻlmagan mahsulotga muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya roʻyxatga olinganda (amal qilish muddatidan qati nazar), ushbu muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida mahsulot yigirma toʻrt oy davomida import qilinishi mumkin. Mazkur tartib muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyada keltirilgan aynan bir ishlab chiqaruvchining bir turdagi mahsulotiga nisbatan amal qiladi;
muvofiqligi deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda, ularning muvofiqligini uchinchi tomon tasdiqlaydi.