Tadbir Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) tomonidan tashkil etildi.
– Maqsadimiz ikki kuch – diplomatiya va madaniyatni birlashtirishdir. WOSCU tomonidan katta tadqiqot ishlari amalga oshirildi va bu bilimlar boʻlajak diplomatlarga amaliy foyda keltirishi mumkin. Biz kinematografiya sohasida ham hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz. Oʻzbek kinosi nihoyatda boy merosga ega va maqsadlarimizdan bittasi – moʻtadil kuchni ilgari surib, xorij mamlakatlariga kino orqali maʼrifatparvar jadidlarimiz haqida soʻzlab berishdir. Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi va kino fondi bilan hamkorlikda xalqaro kino klubi tashkil etilib, Unga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatlarni taklif etishni rejalashtirganmiz, oʻzbek kinosini chet elda namoyish etish istagimiz bor, – dedi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev.
WOSCU uchun anʼanaviy boʻlib qolgan Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalariga kitob-albomlarni begʻaraz olish uchun sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevga “Oʻzbekiston madaniy merosi” va “Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidan 70 jild kitob uchun alohida sertifikatlar topshirildi.
– Yangi Oʻzbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Shu maʼnoda Oʻzbekiston madaniyatini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi xorij muzeylari, kutubxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish WOSCU faoliyatining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Mazkur sohada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan kollaboratsiya qarshimizda yangi ufqlarni ochib, maqsad sari intiluvchan yoshlar tufayli saflarimizga yangi kuch va gʻoyalar olib kiradi. Hamkorligimiz zamirida Oʻzbekiston madaniyati va merosi xaqidagi bilimlarni yangi avlodga yetkazish nafaqat shunchaki vazifamiz, balki mamlakatimiz oldidagi burchimiz ham ekanligini anglash tushunchasi mavjud. Bu bizning madaniyatning “yumshoq kuchi”ga global oʻzaro bir-birimizni tushunishimiz va tinchlik vositasi sifatida ishonchimizni taʼkidlaydi, dedi – WOSCU Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faol hamda iqtitorli talabalarining chiqishlari marosimga xush kayfiyat baxsh etdi. “Diplomat” teatr sudiyasi tayyorlagan “Jadidlar” spektakli, Bekasam brendining milliy liboslar tomoshasi va Lazgi milliy xorazmcha raqsi shular jumlasidan. Tadbirda “Oʻzbekiston madaniy merosi” va “Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidan kitob-albomlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Mehmonlar uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, uning yoshlar klublari haqidagi videorolik, WOSCU faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli filmlar namoyish etildi.
“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi tashkil etilgan kundan Eriell Group xalqaro neft-servis kompaniyasi bosh homiy sifatida ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) butun dunyo boʻylab 300 dan ziyod sharqshunos olimlar tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etildi, 2019-yilda Parijda rasman roʻyxatga olindi, shuningdek, 2023-yilda Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochdi.
Bugungi kunda WOSCU 450 dan ortiq olimlarni birlashtirgan va har yili davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy maʼsul biznes koʻmagida “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlarni nashr etadi, shuningdek, madaniy tadbirlar va media-iventlar oʻtkazib keladi.