Seminarda dunyoning bir qator yetakchi universitetlarining yetakchi professor-qituvchilari, xususan, Kembridj universiteti professori Sidxart Saksena, Tadbirkorlik tadqiqot markazi direktori, taniqli olim professor Filipp Shreder (Shveysariya), bir qator soha mutaxassislari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Seminarning oʻziga xos xususiyati iqtisodiyotga antropologik yondashuv nazariyasini oʻrganish va tahlil qilishdan iborat boʻldi.
Har bir davr va sohaning oʻziga xos yuksalish taraqqiyoti bor. Xuddi shu singari Markaziy Osiyoda ham iqtisodiy oʻsish oʻziga xos jarayonlar, chigʻiriqlardan oʻtgan.
Olimlar seminar davomida mazkur iqtisodiy oʻsish nafaqat oʻz davri uchun, balki jamiyatda maʼnaviy yuksalish uchun ham oʻziga xos xizmat qilganini taʼkidladi.
Seminar davomida Qirgʻiziston, Rossiya va Xitoy tadbirkorlari tomonidan Markaziy Osiyo iqtisodiy antropologiyasiga doir olib borilgan tadqiqotlardan foydalanib, iqtisodiy diversifikatsiya, professionallashtirish va rasmiylashtirish transmintaqaviy integratsiya bilan qanday bogʻliqligi borasidagi 30-yillik ilmiy oʻrganishlar xulosalari ishtirokchilarga maʼlum qilindi.
Aytish mumkinki, bu singari izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar nafaqat xalqaro miqiyosda ilm-fan, balki mamlakatlar oʻrtasidagi yaqin hamkorlikka turtki boʻlishi shubhasiz.