Millat uchun tikilgan umr

    Bu dunyo daraxtning soyasi go'yo, Men undan ot minib o'tayotirman. Ko'pni ko'rgan, donishmand kishilar uchun ulug' shoirimiz Abdulla Orifning ushbu misralaridagi o'zgarmas haqiqatga tan berish qiyinmas. CHindan ham har bir inson, avlod uchun bu dunyo — hayot o'ta qisqa! Uning qadr-qimmatini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Iloji boricha mazmunli va unumli umr ko'rish kishilikning eng mangu va chigal jumbog'idir.

    Qizigʻi, masalani shu yoʻsinda qoʻyib, ungaqanchadan qancha kuch va bilimini sarflab kelayotganodamzod oʻz aql koʻzi qirini boshqacharoq tashlabkoʻrganini bilmaymiz. U ham boʻlsa, oʻsha hazratiinson tegishli boʻlgan millatning hayoti! Uningham boshi va oxiri, oʻlchovi va qadri-qimmatibormi? Boʻlishi kerakmi? Millatning umri qachonxotirjam va uzoq, unumli va mazmunli kechadi? Buning uchun nima va nimalar qilish kerak, xususan, bugun necha ming yillik milliytaraqqiyotining hal qiluvchi bosqichi va burilishpallasini boshdan kechirayotgan oʻzbek millati?

    Bir yarim million yil oldin ilk inson oyogʻiyetgan Turonimizda ekin-tikinchilik — oʻtroqmadaniyat 8000-yil burun boshlangani hazilakamgap emas. Oʻlkamiz ham 5000-3000-yillar avval ilkshaharchilik paydo boʻlgan Yaqin Sharq, Eron, KichikOsiyo, Hindiston, Xitoy, Janubiy Amerika singari mintaqalar qatorida savlat toʻkib tura oladi.

    Shaharchilikdan davlatchilikka esa bir qadam. Ikki daryo oraligʻidagi (Mesopotamia) Ur, Kish, Uruk, Lagashdagi singari Surxon vohasidaSopollitepa, Jarqoʻton, Fargʻona vodiysidaDalvarzin shahar-davlatlari boʻlgan. Ularning yoshi3200-4000-yilga tengligi koʻzda tutilsa, oʻzbekdavlatchiligining tarixiy ildizlari 4000-yilgaborib taqalishi ilmiy jihatdan oʻz isbotinitopgani ayonlashadi.

    Eng soʻnggi ilmiy izlanishlarga koʻra, ajdodlarimiz 4000-yil avvalgi paytlardayoqbugʻdoy, arpa, tariq, chigit ekib, jiyda, anjir, bodom, uzum, tut yetishtirgan, ipak qurti boqqan. Demak, bizga paxtachilik Hind, pillachilik Chin oʻlkalaridan kirib kelgan emas!

    Atigi yuz ellik yil avval ilmiy muomalagakiritilgan “Ipak yoʻli” tushunchasiga oʻrganibketganimiz sharoitida miloddan oldingi mingyilliklarda Sharqu Gʻarbga qarab ketgan Jez yoʻli, Laʼl yoʻli, Lojuvard yoʻli, Badaxshon yoʻli, Tuz yoʻli kabi xalqaro savdo yoʻllarimiz boʻlganinikoʻpchilik bilmaydi.

    Toshqin daryolarni boʻysundirishga bel bogʻlaganbobolarimiz 3000-3500-yillar ilgari salkam oʻnchaqirimgacha ariqlar qazigani, 2500-yil burun esaZarafshon daryosidan chiqarilgan Dargʻom arigʻiningeni 20 metr, uzunligi 100 chaqirimgacha borganinibilgan har qanday kishi millatimiz zakovatiga tanbermasdan iloji qolmaydi.

    2000-2750-yillik oʻtmishga ega Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Margʻilon, Qoʻqon shaharlarimiz bugunham koʻrk toʻkib turgani koʻzda tutilsa, Misr, Xitoy, Hind, Eron, Yunon, Rim sivilizatsiyalaridan hech bir qolishmaydiganTuron sivilizatsiyasi haqida baralla aytishgabarcha asoslarimiz borligi ayonlashadi-qoladi.

    Ushbu haqiqatni yurt qaygʻusida yonib oʻtganAbdurauf Fitrat ham zukkolarcha anglab yetgan edi:

    “Ey Ulugʻ Turon, arslonlar oʻlkasi!

    Senga ne boʻldi? Holing qalaydir? Nechukkunlarga qolding?

    Qullik chuqurlarigʻa nedan tushding?!

    Yer zining buk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovroʻpaning ulugʻxoqonlarini sen yubormadingmi? Ey xoqonlaroʻchogʻi!”.

    Allomaning oʻzbekning eng ulugʻi, kishilikningeng buyugi Amir Temur sagʻanasi oldida tiz choʻkibqilgan ilojsizlik dodi ham bejiz emas:

    “Bagʻrim yoniq, yuzim qora, koʻnglim siniq, boʻynimbukuk.

    Sening ziyoratingga keldim, sultonim!

    Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuyganqonim, oʻrtangan jonim uchun bu sagʻanangdan davoizlab keldim, xoqonim!

    Yuz yillardan beri jafo koʻrub, gʻam chekibkelgan turkning qonli koʻz yoshlarin etaklaringgatoʻkarga keldim. Qorongʻiliklar ichra yogʻdusiz qolganoʻzbek koʻzlari uchun tuprogʻingdan surma olgʻalikeldim”.

    Bir asr burun yurakni qontalashtirib chiqqan busoʻzlarni oʻqish bugun ham ogʻir! Negaki jadidbobomiz aytganlari ayni chin edi:

    “Turkning yurti, ulogʻi, oʻchogʻi, Turoni yotqoʻllargʻa tushdi.

    Turkning bilgisi, ongi, oʻylovi, ziyrakligijaholat oʻljasigʻa ketdi...

    Sultonim!

    Sening Turoningni oʻzim talatdim,

    Sening turkligingni oʻzim ezdirdim,

    Sening omonatlaringga oʻzim xiyonat qildim.

    Men uch kunlik umrimni tinchgina yotiboʻtkazmoqchi boʻlmasa edim, shularning birortasiboʻlmas edi.

    Men qoʻlimga topshirdigʻing qilichni tashlab, cholgʻuni olmasa edim, Turonim talanmas edi!..”.

    Demak, amirlik va xonliklar davrivoqeliklarini ichidan bilgan Abdurauf Fitratmilliy fojiamizning bosh sababini uch kunlikdunyoni qilich — siyosat bilan emas, balki qoʻlga cholgʻu olib, yaʼni ertani oʻylamasdan, tinchgina yotib oʻtkazish turmush tarzi bilan bogʻlagan!

    Oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganib kelayotgan olim oʻlaroq biz ham ushbu tashxisni toʻla qoʻllaymiz. Soʻzimiz quruq boʻlmasligi uchun “Boburnoma”da temuriylar inqirozida ushbu sulola soʻnggi vakillarining vaqtni maishat va yengil-yelpichilikda oʻtkazganining ham oʻrni boʻlganiga oid ishoralar borligini eslatib oʻtgan boʻlardi.

    Shu maʼnoda, milliy davlatchiligimizda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelgan masala — arboblarimizdagi millat va vatan tuygʻusi tushunchasi hamda uning sifat darajasiga toʻxtalishga toʻgʻri keladi. Tarixchilik fanimizda masala hech qachon aynan shunday yoʻsinda qoʻyilmaganiga qaramay, ixtiyorimizdagi bir qator omillar, umuman, jamiyatimiz, xususan, har birimiz uchun oʻta zarur ushbu mavzu muhokamasini boshlashimizga izn bera oladi deb oʻylaymiz.

    Ularning birinchisi, xalq ogʻzaki ijodi — hali oʻtroq turmush tarzi va u bilan bogʻliq “madaniy ustunliklar” tugʻilmagan eng qadim chogʻlarga taqaladi. Ertak va dostonlarimizdagi el-rt qaygʻusi bilan yashash, yovga qarshi murosasiz kurashish, kindik qoni toʻkilgan tuproqni koʻz qorachigʻidek asrash gʻoyasi buning yaqqol isbotidir. Demak, yurtsevarlik bizning iligimizda bor.

    Ikkinchisi, dinimizdagi vatanparvarlik gʻoyasi bilan bogʻliqdir, albatta. Garchi endi “Vatanni sevmoq iymondandir” hadisini yolgʻon, zaifga chiqarib, musulmonchilikda millat yoʻq, deya boshqacha maqsadlarni koʻzlayotganlar ham topilib tursa-da, Yaratgan elchisining oʻz yurti — Makkaga nisbatan kuchli muhabbatiga oid eʼtirofi (Makka, sendan koʻra menga sevimliroq va suyukliroq shahar yoʻq) bu boradagi tortishuvlar behudaligini tamgʻalaydi-qoʻyadi.

    Biz Najmiddin Kubroni kubraviya tariqatining asoschisi va buyuk mutasavvuf oʻlaroq bilamiz va ardoqlaymiz. Holbuki, u eng avval ham, eng oxir ham yurtsevar edi. Shayx bosqinchi Chingizxonning “Men tez orada Xorazmni qatli om qilmoqchiman, siz ularni tark etib, menga qoʻshiling”, degan taklifiga “Yetmish yillik umrimning achchiq-chuchugini xorazmliklar bilan birga totdim, vatanimga balo bostirib kelganda, uni tashlab qochish muruvvatdan emas”, javobini berib, Urganch himoyasida eldoshlari qatori jon fido qilganini har bir oʻzbek bilishi shart!

    Biz, asosan, buk matematik, fizik va astronom oʻlaroq taniydigan, “boʻlinmas zarracha”, “unsuriy zarracha”, yaʼni atom haqida ilmiy qarashlarga ega boʻlgan Mahmud Chagʻminiy ham xuddi shu urushda halok boʻlgan.

    Agar tarixiy manbalarimizda din, ilm-fan va madaniyat arboblarimiz qoʻlida qurol bilan bosqinchilarga qarshi tik borgani, yurtimiz ozodligi yoʻlida shahid ketganiga oid guvohliklar yetarliligi inobatga olinsa, bironta kasb-kor egasi vatan himoyasi masalasida chetda turmagani ayonlashadi.

    Amir Temur bobomizning “Biz vatanni tark etsak, u begonalar qoʻliga oʻtib ketmaydimi?”, “Agar bir boʻlsangiz, hech kim sizlarga qarshi chiqolmaydi”, deb aytganining magʻzini oʻzbekning har avlodi ongi va yuragiga yetkazib borishimiz ham farz, ham qarzdir.

    Toʻgʻri, 3000-yillik milliy davlatchilik tariximizda el-rt uchun yurakdan xizmat qilgan, kerak boʻlganda, vatan uchun jonidan kechgan siyosiy arboblarimiz, jumladan, vazirlar, hokimlar, harbiylar, katta-kichik mansabdorlar koʻp boʻlgan. Mohiyat eʼtibori bilan aytganda, aynan ular hamda din peshvolari, qalam ahli biz oddiy kishilar oʻlaroq taʼriflaydigan xalqqa oʻrnak, uni olgʻa boshlashga qodir boʻlgan. Biroq soʻnggi mustamlaka davrimiz, ayniqsa, uning sovet bosqichi tomonidan siyosiy-harbiy arboblarimiz — qoʻrboshilarimiz, oydinlarimiz — jadidlarimiz, diniy yetakchilarimizga qarshi qirgʻinlar, oʻzligimizni yoʻqotish maqsadida uzoq yillik va tizimli urinishlar millatimiz sillasini shunchalar quritib tashladiki, uning asorati bugun ham sezilayotganini tan olishimiz darkor.

    Aks holda, shu yilning 18-yanvarida boʻlib oʻtgan katta yigʻilishda Prezidentimiz el-rt taqdiriga befarq boʻlmagan har birimizni chuqur oʻylash va tegishli xulosalar chiqarishga chorlaydigan mana bu haqiqatni qattiq kuyinchaklik bilan baralla aytmagan boʻlardi deb ishonamiz: “Xalqimiz bizga juda katta ishonch bildirdi, oʻttiz yetti millionlik yurt taqdiriga javobgarlik, vijdonimizning oldidagi masʼuliyatni his qilib, har kuni izlanishda yashashimiz kerak. Agar bu dunyodan yengil-yelpi oʻtib ketsak, ertaga farzandlarimiz, nevaralarimiz bizni kechirmaydilar. Buning uchun gʻurur kerak, iftixor kerak, vatanparvarlik kerak, vatanni sevish kerak! Egallab turgan lavozimga munosib boʻlish uchun esa bitta mezon bor: attestati besh boʻlishi mumkin, diplomi oltin boʻlishi mumkin, lekin yuragi sof, millatparvar, sadoqatli boʻlmas ekan, ularning barini yuvib tashlaydi. Vatanparvar boʻlsa, hammasi oʻzgaradi! Yurak men oʻzbekman, millatsevarman, deb ursa edi!..”.

    Yangi Oʻzbekiston bizni koʻp narsaga oʻrgatdi, koʻp narsaga koʻzimizni ochdi...

    Eng avvalo, fuqarolari erkin boʻlmagan davlatchilikdan hech bir samara unmasligi ayonlashdi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida barcha yoʻnalishlarda erishilgan katta-kichik, ayrim hollarda kecha xayolimizga ham kelmagan yutuq va marralarimiz boshida aynan shu omil borligini hech kim inkor etolmaydi. Yangi Oʻzbekiston shaxs va millat erkinligi nimalarga qodirligining oʻziga xos koʻrsatkichi oʻlaroq namoyon boʻlmoqda, desak oshirib yubormagan boʻlamiz.

    Milliy iqtisodiyot nima qanday ishlashi kerakligini ham endi-endi koʻryapmiz va anglayapmiz. Yaʼni u odamlar manfaatini koʻzlasagina, barakali boʻlishi ayonlashdi. Holbuki, oʻzgarishlar va yangilanishlar boshlangan 2016-yil soʻngida iqtisodiy va unga chambarchas bogʻliq ijtimoiy ahvolimiz oʻta ogʻir boʻlganini bugun barcha ham eslay olmasa kerak.

    Shu maʼnoda, mustaqil boʻlib ham “agrar mamlakat”likdan boshimiz chiqmaganini yodga solgan boʻlardik. Ammo 2023-yili paxtachilikdagi hosildorlik har gektardan 36,6 sentnerga yetkazilgani mazkur maqomning umri tugab borayotganidan dalolat, albatta. Bizning mazkur ishonchimizni esa oʻz paytida hosildorligi yuqori sanalgan Amerika chigiti Turkistonga olib kelib ekilgan 1870-yildan sanaganda, 2017-yilga kelib, yaʼni salkam 150-yilda 24 sentnerdan oshmagani holda soʻnggi olti yilda erishilgan 12,6 sentnerlik oʻsish oqlab beradi.

    Bu yil 2016-yildagidan 2,6 million tonna koʻp — 9 million tonna boshoqli don yetishtirilgani, bogʻdorchilik, polizchilik, sabzavotchilik, ayniqsa, eng “bosh ogʻrigʻi” sanalib kelingan pillachilik sohalarida yuz berayotgan keskin sifat oʻzgarishlari, 2023-yili 4 milliard dollarlik toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari eksport qilingani koʻzda tutilsa, yuqorida urgʻulangan baraka omilining ahamiyati yanada yaqqolashadi deb oʻylaymiz.

    Har oyda u yoki bu viloyatimizda yirik va ilgʻor iqtisodiy loyihalar ishga tushishiga oʻrganib qoldik. Avtoulov bilan bogʻliq muhokamalardan “shartnoma” omili yoʻqolib, elektromobil boʻyicha tortishuvlarga shoʻngʻib ketdik. Sunʼiy zakovat, raqamlashtirish, axborot va nanotexnologiyalar, koinotchilik singari kechagina kamida erish tuyulgan sohalarda qoʻlga kiritilayotgan natijalar, ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 25-30 foizi quyosh, shamol va suv energetikasiga toʻgʻri kelishi, 2030-yilga qadar ushbu ulush 40 foizga yetishi hech kimni ajablantirmay qoʻydi. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi Oʻzbekiston yuksak texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot yurti oʻlaroq dunyoga tanilib bormoqda.

    Shu kunlarda nechta oliy oʻquv yurti borligi ularning qanchasi xususiy yo chet elniki ekanini birov biladi, birov esa yoʻq. Holbuki, atigi sakkiz yil burun butun yoz “test” mashmashalari bilan oʻtib, kuz boshlanar-boshlanmas “paxta mavsumi”ga ulanib ketar edi. “Oʻqishga kirish” azobu adolatsizliklari, yuz yil haqiqatan millatimiz qonini soʻrgan “majburiy mehnat” — aslida, paxta qulligi ham qoʻrqinchli tushga aylanib boʻldi.

    Endi-chi? Endi kechagina aqlga sigʻmagan “avval test, soʻng tanlov” tamoyili ustuvor! Holbuki, oʻn yil burun oʻqishga kiruvchilar hozirgidek oʻz baholaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini oʻzlari tanlashi haqida soʻz ochib qolsa bormi, kamida kalakaga qolishi turgan gap edi!

    Xuddi shuningdek, kechagi turmushimizda tashabbusli byudjet tushunchasining oʻzi bormidi? Kimdir tashabbusli byudjetni qoʻya turaylik, ijtimoiy-iqtisodiy makonimizning eng birlamchi boʻgʻini — tuman byudjetida mablagʻ bormidi oʻzi, desa, haq gapni aytgan boʻladi. Koʻp yillik deputatlik faoliyatimizda yigʻilib qolgan esdaliklarimizdan biri — davlat byudjeti koʻrsatkichlarini qoʻmitamizda koʻrib chiqqanimiz yoʻq-ku, deya haqli eʼtirozini oʻrtaga tashlagani uchun butun bir boshli partiya va Oliy Majlis qoʻmitasi raisi tez orada barcha lavozimlaridan boʻshatilganini koʻzda tutsak, bugun byudjet mablagʻlarini joylarda taqsimlash jarayonida yurtdoshlarimiz shaxsan qatnashayotganining qimmati hamda davlat va jamiyatimiz, ayniqsa, uning eng quyi boʻgʻinida yuz berayotgan keskin sifat oʻzgarishlari ahamiyati yanada yaqqolashadi, albatta. Agar shu yoʻsinda odamlarimiz oʻz muammolarini oʻzlari va birgalashib, tortishib hal qilish, oʻz va bir-birovlari harakatlarini nazorat qilish madaniyatini ham oʻzlashtirayotganidan kelib chiqilsa, gap, aslida, tashabbusli avlod tarbiyalanayotgani haqida ketayotgani ayonlashadi.

    Garchi hozir ular ham oddiylik kasb etib ulgurgan boʻlsa-da, xalqimiz, ayniqsa, qishloqlardagi qondoshlarimiz turish-turmushi uchun oʻta amaliy qimmatga ega yana bir necha mavzuni tilga olmaslikning iloji yoʻq. Poytaxtdan tortib, chekka qishloq koʻchalarigacha asfalt “kirib borgani”ni har qancha urgʻulasak arziydi. Yarim asrdan beri xarob boʻlib kelgan yoki tuproq bosibyotgan yoʻllarimiz chiroy ochayotgani mahallalarimizdagi kayfiyat va turmush tarzini qanchalar koʻtarib borganiga shaxsan guvohmiz.

    Aholimizni ichimlik suv bilan taʼminlash darajasi bu yil 80 foizdan oshishi kimlargadir erish tuyulishi mumkindir, biroq mustaqil boʻlib ham, masalan, Toʻpalang suv omborida yigʻilgan tabiiy neʼmatni chorak asr ichida oʻz fuqarolariga yetkazib berolmagan davlat uchun bu tarixiy yutuq, albatta.

    Ikki oydan soʻng barchamiz uchun muhim sinov — vakillik idoralariga saylov boʻlib oʻtadi. Ularning oldingilaridan juda katta farqi bor. U ham boʻlsa, Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash — mojaritar va proporsional tizimda oʻtkaziladi. Tariximizda ilk bor qoʻllanayotgan ushbu yangilikning fuqarolarimiz siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, partiyalarimizni jonlantirish, jamiyatimizda gʻoyalar xilma-xilligini taʼminlashdagi ahamiyatini hech narsa bilan solishtirib boʻlmaydi.

    Soʻnggi yillarda bir shaxsning ham ijro, ham vakillik tizimi boshligʻi boʻlmasligi haqida gapirmagan odamning oʻzi qolmadi. Holbuki, hokim bir vaqtning oʻzida mahalliy kengash raisi boʻlmasligi fikri ilk bor milliy yetakchimiz tomonidan 2016-yil noyabr oyida toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda bildirilganini juda yaxshi eslaymiz. Mazkur qoidaning Konstitutsiya darajasida muhrlanib qoʻyilishi va 2025-yildan amalga tatbiq etilishi, ayniqsa, davlat boshqaruvining eng quyi va hal qiluvchi boʻgʻini — tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oʻz samarasini berishi borasida ikkilanmaymiz.

    “Parij — 2024” Olimpiadasida erishilgan tarixiy marramiz, ayniqsa, Osiyo qitʼasida toʻrtinchi, turkiy va islom mamlakatlari hamda MDH boʻyicha birinchi oʻrinni egallaganimiz barchamizni quvontirdi. Agar yana bir muhim omil — Hindiston, Ispaniya, Braziliya, Turkiya, Indoneziya kabi yalpi ichki mahsuloti trillion dollardan ortiq keladigan yirik iqtisodiyotlarni ham ortda qoldirganimiz koʻzda tutilsa, davlatimiz rahbarining “Chin dildan intilib, astoydil harakat qilsak, qoʻlimizdan kelar ekan-ku!” degan soʻzlarining magʻzi yanada oydinlashadi deb ishonamiz.

    Mustaqilligimizning 33-yilligini qarshilar ekanmiz, 3000-yillik ulkan tajribasi bor davlatimiz oyoqqa turib, azaliy maqomini tiklash yoʻlida oqilona va dadil qadamlar tashlab bormoqda deya olamiz. Oʻtgan sakkiz yil qoʻlimizdan koʻp ishlar kelishini isbotlab qoʻygani holda bundan buyogʻi barchamiz bir musht boʻlib, har qanday qiyinchiliklarga qaramay, olgʻa intilishimizga bogʻliq boʻlib borayotganini ham tan olmoq darkor.

    Bu yoʻlda bizga qanday omil, qanday kuch madadkor va oʻrnak boʻlishi esa Prezidentimizning mana bu yurak soʻzlarida oʻz aksini topgan: “Barcha-barcha intilishlarimiz zamirida fidoyilik va vatanparvarlik boʻlishi kerak. Eng katta narsa — ong oʻzgarishi kerak. Xudo menga sogʻliq va umr bersa, shunday kunlar keladiki, bizda kambagʻal va ishsizlik boʻlmaydi. Buning uchun men tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari farovon hayot kechirsin, baxtli boʻlsin, nabiralari sogʻlom tugʻilsin, tibbiyoti, maktabi ishlasin, yoʻllari ravon boʻlsin, deb ishga keldim men. Bularning bariga men yetti yillik umrimni tikdim! Agar biz oʻylamasak, oʻzbek xalqini kim oʻylaydi?!”.

    Azamat ZIYO,

    FA Tarix instituti direktori, akademik


    (Maqola “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 01.09.2024 y, 177-sonida chop etilgan)