Har xil novdalardan turli-tuman savatlar toʻqishgan.
Ularning har biri shakli va ishlatish joyiga qarab turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, kajava savat, non savat, elama savat, qoshiqdon savat, guldor savat, dasturxon savat, toʻr savat, uzum savat, bosma savat va boshqalar. Buguni kunda Vobkent tumani “Shohnigor” MFY Rabotishayx qishlogʻida istiqomat qilayotgan Naim Idiyevga otasi Rajab bobo Idiyevdan savat toʻqish ota kasb boʻlib kelgan.
Naim aka Idiyev shu hunari bilan 15 yildan ziyod shugʻullanib, bugungi kunga qadar milliondan ortiq savatlar toʻqishga ulgurgan.
– Dastlab tirikchilik uchun shu ishni qilgan boʻlsam, keyinchalik yurtimizda hunarmandchilikni rivojlantirishga boʻlgan eʼtibor va berilayotgan imtiyozlar ish koʻlamini va tabiiyki, daromadni oshirishga ragʻbat uygʻotdi. Hozirda koʻproq buyurtma asosida mahsulot ishlab chiqaryapmiz, deydi usta hunarmand.
Uning aytishicha, savatlar devorgul va tut novdalaridan toʻqiladi. Bitta savat tayyorlash uchun 2 soat vaqt talab etiladi.
Gulichehra DURDIYEVA,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri