Davlatimiz rahbarining Qoraqalpoğistonga taşrifi bu savolga aniq javob berdi — şörga çidamli olxöri va keçki örik. Keling, bu borada Kegeyli tajribasiga atrofliça töxtalsak.
Şu yil 18-sentyabr kuni Prezidentimiz Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining intensiv boği bilan tanişdi. Umumiy maydoni 330 gektar boğning 69 gektarida şörga çidamli qora olxöri yetiştirilmoqda. Tomçilatib suğoriş va yopiq drenaj tizimi joriy etilgani bois, bu yerda suv sarfi 12 ming litrdan 5 ming litrgaça, yaʼni qariyb 60 foiz kamaygan. Mineral öğitlarning suğoriş suvi bilan birga berilişi esa daraxtlarning yaxşi ösişiga va şörga çidamliligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Boğbonlar köçatlarning qator orasiga pomidor ekib, bir maydondan bir mavsumda ikki xil hosil olmoqda. Meva yetiştirilgan joyning özida quritiş va qayta işlaş uskunalari mavjudligi xomaşyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qöşilgan qiymatni oşiradi. Korxona tayyor mahsulotni Xitoy, Janubiy Koreya va Rossiyaga eksport qiliş böyiça şartnomalar tuzgan.
Davlatimiz rahbari boğdorçilik eng daromadli sohalardan biri ekanini, olxöridan olinadigan daromad paxtaçilikdan ança yuqoriligini alohida taʼkidladi.
Uç yilda 30 ming gektar
19-sentyabr kuni Nukus şahrida davlatimiz rahbari raisligida ötkazilgan yiğilişda bu vazifalar yanada aniqlaştirildi. Uç yil içida Qoraqalpoğistonda 30 ming gektar maydonda şörga çidamli olxöri va keçki örik plantatsiyalari barpo etiladi. Şundan 10 ming gektarida işlar şu yilning özida boşlanadi. Yer ajratiş, kafolatli suv taʼminoti, iqlimga mos köçat va zamonaviy texnologiyalar yetkazib beriş, tajribali dehqon va agronomlarni jalb qiliş, qayta işlaş quvvatlarini yaratiş közda tutilgan. Natijada 20 ming aholi iş bilan taʼminlanadi, meva eksporti uç yilda kamida 500 million dollarga yetkaziladi.
Qoraqalpoğistonda ekiladigan daraxt uçta şartga javob berişi — şörga, qişki sovuqqa va suv tanqisligiga çidamli bölişi lozim. Aholi soni ortib borayotgani (mutaxassislar 2050-yilga borib mamlakatimiz aholisi 50 millionga yetişini taxmin qilmoqda) va iqlim özgarişi esa oziq-ovqat xavfsizligi masalasini yanada dolzarb qilmoqda.
Olxöri kuzda çuqur tinim davriga ötadi, −30 °C gaça sovuqqa bardoş beradi va bahorda erta uyğonmaydi. Örik ham qişda −30 °C sovuqqa çidaydi, biroq uning zaif tomoni bor – bahorda erta uyğonib, köpinça mart oyida barça mevali daraxtlardan oldin gullaydi. Şu bois, qaytar sovuqlardan köp zarar köradi. Ğunçalari −3, −4°C da, oçilgan gullar −2°C da,
tugunçalar esa −1°C dayoq nobud böladi. Qoraqalpoğiston uçun xulosa bitta — tinim davri uzun va keç gullaydigan, yaʼni keçki navlarni tanlaş kerak. Prezidentimizning keçki örik ekiş haqidagi taklifi ham aynan şunga asoslangan.
Örikning vatani Markaziy va Şarqiy Osiyo bölib, uning Sibir va Manjuriya örigi kabi turlari qattiq sovuqqa moslaşgan. Buning amaliy isbotini özim ham kördim. 2026-yil may oyida kafedramiz xodimlari bilan Orol dengizining qurigan qismini köriş uçun safarga çiqdik. Bir paytlar ulkan dengiz bölgan suv havzasi kiçik kölga aylanib qolganini körib, oğir xayolda qaytdik. Yölda Ustyurt platosidagi manzilda töxtadik — bu qişi qattiq keladigan hudud. Bu yerda bor-yöği 33 xonadon qolgan, ammo ularning bir neçasi hovlisida örik daraxtlari ösib, hosil berib turibdi. Uşbu manzara keçki örik ekiş ğoyasi naqadar töğri ekanini yana bir bor isbotladi.
Örikning qurğoqçilikka çidamliligiga yana bir misol: Toşkent — Samarqand yölida, Ğallaorol tumanidan Samarqandga kirişda yöl yoqasiga 1960-yillarda ihota daraxt sifatida örik, xandon pista va akatsiya ekilgan. Ular hozirgaça ösib, gullab, hosil berib turibdi.
Qoraqalpoğiston şaroiti uçun eng maqbul navlardan biri —“Subhoniy”. Bu nav nisbatan keç pişadi va qayta işlaşga juda mos: pişgan mevasi yerga tökilib ezilmaydi, terilmasa, daraxtning özida qurib, turşakka aylanadi. Kasallik va zararkunandalar bilan kam zararlanadi, 70-80 yilgaça yaxşi hosil beradi. Mevasi yirik — örtaça 35 gramm, yaxşi parvarişda 60 grammgaça yetadi. Pösti sariq-töq sariq, qirmizi qizillik bilan qoplangan, eti ziç, sersuv, bir oz nordon-şirin, mağzi şirin, danagi etidan oson ajraladi. Namanganda iyunning ikkinçi yarmi — iyulning birinçi yarmida pişsa, Qoraqalpoğistonda iyul oyida pişib yetiladi.
Şuni hisobga oliş kerakki, “Subhoniy” klonlarining köpçiligi çetdan çanglanişga muhtoj, şu bois, boğda gullaş muddati mos keladigan çanglovçi navlar ham ekilişi şart. Olxöri va “Subhoniy” mevalarining pösti nisbatan qalin bölgani uçun yangi uzilgan holda ham taşişga çidaydi, tez buzilmaydi.
Qança foyda oliş mumkin?
Örikni tup orasi 4 metr, qator orasi 6 metr qilib, gektariga 400-460 tup ekiş tavsiya etiladi — bunday qator oraliğidan texnika bemalol ötadi. Olxöri kiçikroq daraxt bölgani uçun ziçroq, gektariga 400-650 tup ekiladi. Örtaça 3-4 kilo höl mevadan 1 kilo quritilgan mahsulot olinadi. Masalan, 100 kilo yangi olxöridan 25-33 kilo quritilgani çiqadi. Danagi bilan quritilganda vazn köproq, danaksiz quritilganda kamroq böladi.
Töliq hosilga kirgan “Subhoniy” daraxtidan 35-40 kilogaça qoqi oliş mumkin. Gektariga 400 tup bölsa, örtaça 20-25 kilodan hisoblaganda 8-10 tonna qoqi olinadi. Eksportdagi örtaça narx 1 kilo uçun qariyb 1,9 dollar bilan hisoblasak, bir gektardan 16-20 ming dollardan ortiq tuşum demakdir. Daraxtda tabiiy qurigan organik turşak esa xorij bozorida turiga qarab 7,5-15 dollardan sotilmoqda. Bundan taşqari, bir daraxtdan 120-130 kilogaça meva oliş mumkin.
Eksport salohiyati raqamlarda
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 23,9 ming tonna quritilgan örik 56 ta davlatga eksport qilinib, 45,8 million dollar tuşum olingan. Bu oldingi yilning şu davridagiga nisbatan 13,7 ming tonna, yaʼni ikki barobardan ham köp. Asosiy xaridorlar — Xitoy, Qozoğiston, Turkiya, Rossiya va Ukraina.
Şu davrda 38,9 ming tonna quritilgan olxöri eksport qilinib, 55,3 million dollar tuşum olingan — bu 2024-yildagidan 62,9 foiz köp.
Özbekiston 2023-yilda quruq meva işlab çiqariş böyiça dunyoda ikkinçi örinni egallagan. Har yili 650 ming tonnagaça örik, olxöri va boşqa mevalar yetiştirilib, 65-70 ming tonna quruq meva taşqi bozorga çiqarilmoqda. Jahon bozorida çiroyli quritilgan, ekologik toza qoqi, turşak va kaysaga talab yuqori — xaridor, avvalo, mahsulotning taşqi körinişi va ekologik tozaligiga eʼtibor beradi.
Eng zaif böğin — qayta işlaş
Afsuski, bizda köpinça pişgan meva nobud böladi, qayta işlaş çala qoladi, quruq mevani qayta işlaydigan korxonalar hali yetarli emas. Şu bois, plantatsiyalar bilan bir vaqtda qayta işlaş korxonalarini barpo etiş va mahalliy aholini bu işga örgatiş zarur. Tajriba körsatadiki, odamlar bu işdan daromad körganlaridagina uni çin dildan özlaştiradi.
Texnologlar oldida ham katta vazifa turibdi: danakli va danaksiz qoqilarni naviga qarab sifatli tayyorlaş, örik qoqisini şarbatda konservalaş, mahsulotni çiroyli qadoqlaş. Samarqand va Buxoro şördanaklari asrlar davomida bozorlarimizdan ketmaydi, biroq ularni tayyorlaş sirlari hanuzgaça ayrim ustalar orasida saqlanib kelmoqda. Bu hunarni tizimli örganib, sanoat asosiga ötkaziş vaqti keldi.
Örik danagi ham qimmatli xomaşyo. Mağzining özini sotiş mumkin: pösti ajratilgan oppoq mağizdan bodom sutiga öxşaş ösimlik suti va kosmetika mahsulotlari tayyorlanadi. Xalq tabobatida örik danagidan qadimdan foydalanib kelinadi. Pokistonning Xunza vodiysi aholisi örik mağzini nonga qöşib isteʼmol qiladi va uzoq umr körişi bilan maşhur.
Örik mevasi esa töyimli va şifobaxş: uning tarkibida 10-12 foizgaça qand, olma va limon kislotalari, pektin, beta-karotin (A provitamini), B guruhi, C, E, K vitaminlari, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniy kabi mineral moddalar mavjud.
Yirik plantatsiyalar uçun millionlab köçat kerak. Bu masalani in vitro, yaʼni laboratoriya şaroitida köpaytiriş usuli hal qiladi: bir yilda millionlab soğlom va bir xil köçat yetiştiriş mumkin. Samarqand viloyatidagi “Boğbon” in vitro laboratoriyasi va respublikadagi boşqa laboratoriyalar bu borada tajriba töplagan. Bunday köçatlar ikkinçi-uçinçi yili hosilga kiradi, 4-5 yoşdan töliq hosil beradi. Qişloq xöjaligi “aqlli” texnologiyalarga ötayotgan bir paytda olxöri va örik yetiştirişni mamlakat miqyosidagi megaloyiha darajasiga kötariş mumkin.
Sinovni şu kuzda boşlaş lozim
Köçatlar imkon qadar uç yillik bölgani maʼqul — ular baquvvat böladi va tezroq hosilga kiradi. Aslida, köçatlar kuzda ekilsa, ularning ildizlari yaxşi joylaşib, bahorning birinçi yomğiri va quyoşidan darhol ösa boşlaydi. Qoraqalpoğiston sovuğini hisobga olib, bu yil ularni tajriba-sinov uçun kuzda bir gektarga ekib köriş lozim, qolgan maydonlarga bahorda ekiladi. Plantatsiyalarda tomçilatib suğoriş yölga qöyilişi kerak, albatta, suv bilan mineral öğitlar ham beriladi: yoş daraxt öz vaqtida yetarli suv va oziqani olsa, mevasi yirik va mazali böladi.
Xullas, Orolböyida boğdorçilikni rivojlantiriş zanjiri quyidagiça körinişga ega: şör tuproqni hisobga oliş → iqlimga mos nav tanlaş → suv tejovçi texnologiya → intensiv boğ → qayta işlaş → eksport. Bu yondaşuv resurslar çeklangan şaroitda yerning iqtisodiy qiymatini tiklaydi, aholi daromadini oşiradi va hududning barqaror rivojlanişiga xizmat qiladi. Olxöri va örik bugun Orol fojiasini boşidan keçirgan zaminga yangi hayot, xalqimizga esa barqaror daromad olib kelişi mumkin. Uşbu mevalarning inson soğliğiga va oila daromadiga hissasi katta böladi, Orolböyida bahor fasllari közni quvontiradigan boğlar gullab oçiladi, örik va olxöri gullaganini köriş uçun ekoturizm taşkil etiladi.
Qoraqalpoğistonda katta yer mavjud, endilikda şu maydondan unumli foydalanişga hissa qöşiş olim, agronom, fermer, mutaxasis — hammamizning burçimizdir.
Dilorom YORMATOVA,
Professor