Notariat sohasining takomillashishi aholiga qoʻl keldi

    Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi Zarema Burnasheva xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusga — buvisidan unga meros boʻlgan uyni hujjatlashtirish uchun kelgan. Yillar davomida bir necha bor bu sohaga ishi tushgan Zarema hozirda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar xizmatidan foydalanib kelyapti.

    – Avvallari turli tashkilotlardan koʻplab hujjatlarni yigʻishga toʻgʻri kelar edi va soatlab navbat kutar edik, – deydi Zarema Burnasheva. – Birgina koʻchmas mulkni oldi-sotdi qilish uchun qarindoshlik aloqalari haqida hujjat yigʻilardi, keyin FHDYO va arxivga borilardi. Bu jarayonni uzoq sanash mumkin. Hozirda esa elektron tizimga oʻtilganidan keyin hammasi oʻzgardi, ovoragarchiliklar yoʻqoldi. Bu juda qulay. Elektron soʻrov yuborilyapti va tashkilotlardan javob olinyapti. Kommunal tizimda ham shunday.

    Mamlakatimizda ilk marta nodavlat notarial idoralar tashkil etilgani notariat sohasining tubdan isloh qilingani, yaʼni tizimda xususiy notariuslar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani uning yangicha shakl va mazmunda, xalqaro talablar darajasida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

    2020-yilda Fargʻona viloyatida 63 ta xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslar tashkil topgan boʻlsa, oʻtgan 3-yil davomida ularning soni 107 taga yetdi. Bu esa viloyatning chekka tumanlarida ham notariuslar soni ortishi imkoniyatini berdi. Fargʻonada notariuslar tomonidan 2023-yilda 600 mingdan ortiq notarial harakat amalga oshirildi. 7 mingdan ortiq notarial harakatlar fuqarolarning chaqiruvlariga asosan ularning yashash manzillarida sayyor tartibda amalga oshirilgan.

    Bugun yurtimizda aholining mulkiy huquqlari himoyasini taʼminlash uchun mingga yaqin notariuslar faoliyat yuritib kelyapti. Natijada idoralarda uzoq navbat kutish, sansalorlik, qoʻpol muomala kabi tizimli kamchiliklar kamaydi, notarial harakatlarni amalga oshirish vaqti deyarli 3 baravarga tezlashdi. Chunki, xususiy notarius avvalgidek oylik ish haqiga, kun oʻtari uchun ishlaydigan xizmatchi emas, balki amalga oshirgan harakati natijasidan manfaatdor, noqonuniy harakati uchun esa moddiy javobgar shaxsga aylandi.

    – Xususiy notarial sohaga ruxsat berilganidan keyin biz kabi mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati ham yaxshilandi, – deydi margʻilonlik Abdugʻaffor Soliyev. – Baʼzida notarial idoraga oilamiz, farzandlarimiz bilan kelamiz. Notariuslarning aksariyat ofislarida bolalar va ona-bola xonasi mavjud.

    Maʼlumki, doimo, tajriba amaliyotda oʻz soʻzini aytadi. Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda notariat sohadagi qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi borasida xorijiy va mahalliy qonunchilik muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.

    Fargʻona viloyati adliya boshqarmasida vaqti-vaqti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi vakillari bilan birgalikda notariuslar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish, shuningdek, notariuslar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash va notariat sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan seminarlar tashkil etiladi.

    Ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish uchun uydan yoki dunyoning istalgan joyidan turib, vidiyeokonferensaloqa yordamida «e-notarius.uz» axborot portali orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

    Endilikda ushbu portal orqali mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan ishonchnomani tasdiqlashni, ijro xatini yozishni, arizadagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashni, shuningdek, toʻlovlarni ham amalga oshirish mumkin.

    – Ukam Koreyadan turib videokonferensiya aloqa orqali notariuslar bilan muloqotda boʻlib oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni onlayn koʻrsatdi va ikkinchi tomon bu yerdan turib hujjatlarni taqdim qildi va masofadan turib mening nomimga notarius One ID sistemasi orqali ishonchnomani rasmiylashtirib berdi. – deydi Ahmadjon Gʻofurov. – Bu ishlar 15 daqiqada amalga oshirildi.

    Avvallarikoʻchmasmulknitasarrufetishhuquqibilanoldi-sotdi, hadyaqilish, vasiyat, qarindoshlargavaboshqashaxslargamerosboʻlishishboʻyichaguvohnoma, merosmulkinikoʻrishboʻyichakoʻplabhujjatbozliklargayoʻlqoʻyilgan. Buesafuqarolarniidorama-idorayurishlar, vaqtvamablagʻsarflashlargamajburqilgan. Bugungikundayagonaelektronbazaningishgatushirilishinotariuslarbilanbirgakengaholiuchunhamkattaqulayliklaryaratdi.

    OldingivaqtlardabizmarhumningfarzandlariekanliginitasdiqlashuchunFHDYOorganlarigasoʻrovxatiberganimizdahamularningtoʻliqtekshirishningimkoniyatiboʻlmasedi. Ularnibizkoʻrsatmalarigaasosanshajarasinitekshiribolaredik, – deydiFargʻonashaharxususiyamaliyotbilanshugʻullanuvchinotariusMatlubaIsmoilova. – Masalanyanabirfakt: Merosguvohnomasinihamnotariusrasmiylashtirganda, oldingiholatlardabizfuqaronikadastridorasigamaʼlumotnomaolibkelishuchunyuborardik. Bungaoʻrtacha 20-30 kunvaqttalabetilgan. Hozirdamerosmulkirasmiylashtirganimizdafaqatginakadastrhujjatiraqaminielektrontizimgakiritib, barchasinianiqlabolishimkoniyatigaegaboʻldik. Buesahujjatlarnirasmiylashtirishvaqtinioʻrtacha 4-5 kungakeskinqisqartirdi.

    Avval adliya organlari 3-yilda bir marotaba notariuslarning minglab harakatlari yuzasidan toʻplangan qogʻoz hujjatlarni tanlov asosida 1–2 kun davomida tekshirgan boʻlsa, hozirgi mavjud elektron tizim qisqa soatlarda barcha notariuslarning hamma harakatlarini tahlil qilish va ulardagi qonun buzilishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.

    Qayd etish kerakki, xususiy notariuslarning tashkil etilishi aholiga koʻplab qulayliklar yaratdi.

    Lazizbek Asqarov,

    Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi.