Prognoz qilingan o'sish 77 foiz yoki taxminan 35 million saraton kasalligiga chalinish bilan bog'liq yangi holatlar. O'z navbatida olimlar bu kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni aytib o'tishdi.
“Havoning ifloslanishi, ayniqsa chiqindi gazlaridagi mayda zarrachalar o'pkaga chuqur kirib, alveolalar deb ataladigan, kislorod va karbonat angidrid almashinadigan mayda havo qoplariga yetib borishi mumkin. Bu yerda ular yallig'lanishni keltirib chiqaradi va hujayralar faoliyatini buzadi, saratonga olib keladi. Bu o'pkaning himoya mexanizmlari tasodifan o'sma shakllanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan zanjirli reaksiyani qo'zg'atadigan nozik, ammo xavfli jarayon”, deydi tadqiqotchilar.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga ko'ra, bunda atmosfera ifloslanishidan tashqari, aholining o'sishi ham ta'sir ko'rsatadi, chunki bu orqali saraton kasalligiga chalinish ko'rsatkichi ham ortib bormoqda.
Tamaki va spirtli ichimliklar saraton paydo bo'lishiga olib keladigan omillar sirasiga kiradi, deb xabar beradi korrespondent.net.