Bizning davrimizda qovun-tarvuzlar shu darajada shirin ediki, suv bilan yuvmasak labimiz labimizga, barmoqlarimiz bir-biriga yopishib qolardi.
Bugun negadir daryolarda nafaqat baliqlar, balki qurbaqlar ham kamyob bo'lib bormoqda.
Orol dengizining qurishi, qurg'oqchilik va boshqa global ekologik muammolar bugun insoniyatni tashvishga solmoqda. Bu kabi ekologik muammolar bugungi kunda insoniyatdan tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni, tabiiy resurslardan unumli va tejamkor tarzda foydalanishni taqozo etmoqda.
Buning uchun odamlar oddiy ekologik qoidalarga rioya qilishsa kifoya. Misol uchun, aholi vakillari o'z tomorqalaridan foydalanayotganda mineral o'g'itdan foylamanmaganlari ma'qul. Uning o'rniga begona tuproq, qum, parranda, chorva chiqindisidan foydalanilsa, tuproq unumdorligi oshib, ekologiyaga zararning oldi olinadi.
Ag'darma chopiq qilib, yovvoyi o'tning tugunagi bilan terib olib, yondirish zarur, donini donlatishdan ehtiyot bo'lgan maqsadga muvofiq. Bu orqali yer degradatsiyasi, qolaversa turli kasalliklar yuzaga kelishining oldi olinadi.
Ona Yer, zilol suv, musaffo havo, go'zal tabiatni asrashga, ulardan oqilon foydalanishga har bir birimiz mas'ulmiz. Chunki ularga kelajak avlodning ham haqqi bor. Shuni unutmasak bo'lgani.
Qahramon Namozov,
“Zarafshon” gazetasining jamoatchi muxbiri