Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish — zarurat

    Fikr 29 Sentabr 2020 4668

    Men Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqini diqqat bilan oʻqib chiqdim.

    Prezident janoblari ushbu sessiyada ham mintaqaviy, ham global ahamiyatga daxldor bir qancha tashabbuslarni ilgari surdi. Men ulardan isteʼmolchilar huquqiga daxldor ikkitasiga eʼtibor qaratmoqchiman.

    Birinchisi pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish tashabbusidir. Oʻzbekiston Prezidenti fikricha, ushbu kodeksda “har bir davlatning oʻz fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim”. Tez orada bunday hujjatning qabul qilinishi pandemiyalar davrida nafaqat aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni, qolaversa, uning ijtimoiy ahvolini yaxshilash hamda barcha huquq va manfaatlarini, jumladan, isteʼmolchi sifatidagi huquqini himoya qilishga ham yordam berishi shubhasiz.

    Ikkinchisi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish” tashabbusidir. Oʻzbekiston rahbari jahon hamjamiyatini ushbu mintaqani ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish uchun hamkorlikka daʼvat etmoqda.

    Oʻzbekiston hukumati atrof muhitga zararli tuzlar tarqalishining oldini olish uchun Orol dengizining qurib qolgan tubini koʻkalamlashtirish boʻyicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda va bu “BMTning isteʼmolchilar huquqini himoya qilish boʻyicha yetakchi prinsiplari”ga mos keladi. Ularda atrof muhit himoyasi isteʼmolchilar huquqni himoya qilishning asosiy prinsiplaridan biri ekani belgilab qoʻyilgan.

    Professor, doktor Marimutu Nadason,

    Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti prezidenti