Bu yerdagi obodonlashtirish ishlari hamda hunarmandlar faoliyati bilan tanishdi.

– Hunarmandchilik daromad manbai boʻlishi mumkin, ammo u biznes deb hisoblamasligi kerak, – deydi A.Qodirov hunarmandlar bilan uchrashuvda. –Hunarmandlar biznes vakilidek koʻrilsa, soliq manbai sifatida jazolanishi va bankrot deb eʼtirof etish ehtimoli saqlab qolinadi. Hunarmandlar xalqimizning milliy-madaniy merosini asrab, avlodlarga yetkazuvchi shaxs. Shu maʼnoda, madaniy merosni bunday xavfdan qutqarishimiz lozim. Kerak boʻlsa ularga tez-tez subsidiyalar berishimiz, bu boradagi qonunlarni oʻzgartirishimiz kerak.