O'zbek dublyaji bir vaqtlar juda yuqori darajada bo'lgan. Qaysidir ma'noda teletomoshabinlar har qanday xorijiy filmni maroq bilan tomosha qilardi.
Sababi fil`mlar to'liq sinxron tarzda dublyaj qilinar va har bir personajga aynan bir kishi ovoz bergan. Keyinchalik “eski dublyaj maktabi” dars ketgandek bo'ldi, yangicha tizimda ovozlashtirish jarayonlariga o'tildi. Ko'plab kino ixlosmandlari esa o'sha dublyaj maktabining ishlarini hamon qo'msab kelishayotgani ham bor gap.
Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida aynan “eski dublyaj maktabi” an'analarini davom ettiradigan dublyaj maktabi, shu bilan birga studiya tashkil etildi. Unga o'zbek dublyajining tirik afsonasi, dublyaj aktrisasi Mukambar Rahimova rahbarlik qilmoqda.
Hozirda mazkur studiyada ko'p ovozli dublyaj jarayonlari amalga oshirilayapti. Endilikda Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olinadigan fil`mlarni ham ovozlashtirish ishlari ushbu maskanda amalga oshirish imkoniyati bo'ladi.
Bundan tashqari, dublyaj sohasiga qiziquvchilar dublyaj maktabiga tashrif buyurishi va bir qator professional dublyaj ustalaridan soha sir-asrorlarini o'rganishi mumkin bo'ladi. Ushbu islohotlar kinoning muhim bir bo'lagi hisoblangan dublyaj san'ati rivojiga ham o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazsa ajab emas.