Agentlik va ilmiy-amaliy loyihalar hisobidan moddiy texnik baza 4,0 mlrd. soʻmga teng jihozlar bilan bilan taʼminlandi. Qishloq xoʻjaligining 50 turdagi zararli organizmlarining 11 mingdan ortiq kolleksiyalari yaratildi. Mavsumda qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish boʻyicha fermerlar va agroklasterlarga 200 ga yaqin koʻrgazmali amaliy-oʻquv seminar tashkil etildi.
Xorijiy davlatlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishidan eksportiga qadar boʻlgan talablar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida 143 nafar mutaxassis, 67 nafar ilmiy xodim, fermer va dehqon xoʻjaliklarining 512 nafar vakili, jami 722 nafar xodimlarning malakasi oshirildi.
“CABI” xalqaro ekspertlari ishtirokida 42 turdagi ekinlar boʻyicha Oʻsimliklarni uygʻunlashgan himoya qilish dasturi (IPM) toʻliq shaklda ishlab chiqilib, QR-kod orqali Agentlikning “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga biriktirildi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi-ilmiy instituti va TST agro klaster bilan hamkorlikda oʻzaro memorandum imzolandi hamda gʻoʻza, gʻalla va don dukkakli ekinlarni zararli organizmlarga qarshi kurash boʻyicha hamkorlikda tajribalar amalga oshirilmoqda.
Pestitsid va agroximikatlarni sinovlarni oʻtkazish yuzasidan uslubiy koʻrsatmalar haqida qoʻllanma ishlab chiqildi.
“Karantin xizmati − dehqonga koʻmakchi” loyihasi doirasida yer egalari va tomorqa yer egalari ishtirokida har xafta onlayn “Erkin muloqot” olib borilishi yoʻlga qoʻyildi. Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida Italiya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston kabi mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirilishi taʼminlandi.
FAOning mutaxassislari bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida biopestitsidlarni sinovdan oʻtkazildi. Eksport va import jaryonida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining fitosanitar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xalqaro talablar asosida qoʻllanmalar ishlab chiqildi. Ilmiy-tadqiqot instituti olimlari oʻsimliklarni xavfsiz, samarali himoya qilish yoʻnalishida oʻz ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.