“Qizil”, “sariq” va “yashil”: maktablardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit shunday baholanadi

    “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 18-oktyabr sonida xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajapovning “Qizil”, “sariq” va “yashil”: maktablardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit shunday baholanadi” nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni oʻqishingiz mumkin.

    Yurtimizda taʼlim sohasining barcha tarmoq va yoʻnalishlarida tub islohotlar kechmoqda. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki bino mustahkam boʻlishi uchun, avvalo, poydevori pishiq-puxta qurilishi talab etiladi. Oʻz oldiga Uchinchi Renessans tamal toshini qoʻyish va Yangi Oʻzbekistonni barpo etish kabi ulkan maqsadlarni koʻzlagan jamiyatda taʼlim sohasi yoʻlga qoʻyilmas ekan, marraga erishish mushkul kechadi. Shu bois, Prezidentimiz mutasaddilar oldiga taʼlim sohasida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish vazifasini qoʻydi.

    Buning, albatta, oʻziga xos sabab va omillari bor. Maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim oʻz aro uzviy bogʻliq, bir­birini toʻldiradigan, alohida rivojlana olmaydigan soha va tarmoqlar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham taʼlim sohasining barcha tarmoq va yoʻnalishlari bir vaqtda, izchil va bosqichma­bosqich isloh qilinyapti.

    Prezidentimizning shu yil 11-maydagi “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora­tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida Vazirlar Mahkamasi zimmasiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy­maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash vazifasi yuklatilgan edi. Vazirlar Mahkamasi shu maqsadda joriy yil 3-oktyabr kuni “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy­maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.

    Konsepsiya, eng avvalo, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-­maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq maqsad va vazifalarni qamrab olgani bilan ahamiyatli. Hujjatda ushbu saʼy-­harakatlarning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan. Maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish borasida qilinayotgan ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xalqimizning maʼnaviy qudrati va milliy qadriyatlarini asrab-­avaylash, ular bilan faxrlanish tuygʻusini mustahkamlash, shuningdek, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy­-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, harbiy vatanparvarlik gʻoyalarini hamda buyuk ajdodlar jasoratini targʻib etish, oʻrganish, ular faoliyatini doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylantirish kabi maqsad hamda vazifalar konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari sifatida belgilangan.

    Bundan tashqari, uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya asoslarini kuchaytirish, zamonamiz qahramonlari hayoti va fao liyatini yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash masalalari ham nazarda tutilgan. Qarorda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy­maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” belgilab berilgan.

    Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish masʼul vazirlik hamda idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birga Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Vazirlik hamkorlikda konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorining maʼnaviy-­maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari uchun oʻquv-­seminarlar tashkil etadi.

    Xalq taʼlimi boshqaruvi organlarining maʼnaviy­-maʼrifiy sohaga masʼul xodimlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorining maʼnaviy­-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlariga qoʻyilgan malaka talablarini ishlab chiqib, tasdiqlash va mazkur lavozimni malakali kadrlar bilan taʼminlash chorasini koʻradi. Bundan tashqari, konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini taʼminlaydi.

    Konsepsiya besh bobdan iborat. Uning asosiy maqsadi oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Chunki taʼlim tizimini rivojl antirish, yoshlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan avlodni tarbiyalash jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Uchinchi Renessans poydevori qoʻyilayotgan bugungi jarayonda sogʻlom maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash asosiy shartlardan biridir.

    Ayni paytda xalq taʼlimi tizimida “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” ezgu gʻoyasi asosida taʼlim­tarbiyaga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, oʻquvchilarning bilimi va iqtidori, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish boʻy icha tizimli ishlar bajarilmoqda. Shu bilan birga, oʻgʻil­qizlar tarbiyasi va ongiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik va boshqa tahdidlar tobora kuchayayotgani ham bor gap. Bu esa, oʻz navbatida, sohadagi ishlarni zamonaviy va taʼsirchan yondashuvlar, samarali usullar asosida yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

    Konsepsiya “Yangi Oʻzbekistonning yangi maktabi” gʻoyasi asosida maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora­tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi. Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishishning asosiy vazifalari ham eʼtibordan chetda qolmagan. Buning uchun, eng avvalo, rahbar va pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-­onalarning hamkorligi va masʼuliyatini oshirish, bolalarning oʻz ustida ishlashi va tashabbuskorligini yuksaltirish hamda ularda sogʻlom qadriyatlarni shakllantirish muhim oʻrin tutadi.

    Bundan tashqari, oʻgʻil­-qizlarda xolisona xulosa chiqarish koʻnikmasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirish hamda turli gʻayriijtimoiy xatti­harakatlarga qarshi immunitetini shakllantirish, bolalar tarbiyasida maktab, oila, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini, oilalarda farzand tarbiyasi va ularni mustaqil hayotga tayyorlashga eʼtibor hamda masʼuliyatni kuchaytirish, oʻquvchilarda namunaviy tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan mediamahsulotlar yaratish va amaliyotga tatbiq etish talab qilinadi.

    Eʼtiborli jihati shundaki, konsepsiyada har bir yoʻnalishning maqsad va vazifalari aniq belgilangan. Uni amalga oshirish uchun kerakli mavzular tanlangan. Tanlovlar oʻtkazish, kitob va albomlar nashr qilish, mediamahsulotlar tayyorlash, ijtimoiy aksiyalar, joylarda sayyor mashgʻulotlar uyushtirish, bolalar ijodini ragʻbatlantirish, ajdodlar shaxsi va merosini keng targʻib qilish, zamonamiz qahramonlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, musobaqa va toʻgaraklar tashkil etish kabi aniq chora­tadbirlar koʻrsatilgan. Shu oʻrinda yana bir muhim jihatni alohida taʼkidlash lozim.

    Konsepsiyada maktabdagi mavjud holatni oʻrganish va tahlil qilish mezonlarini ishlab chiqish hamda shu asosda ijtimoiy­maʼnaviy muhitni baholash vositasida maktablarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish mexanizmi belgilangan. “Qizil” toifaga kirgan maktablarda ijtimoiy­ maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida idoralararo hamda keng jamoatchilik hamkorligi samarali yoʻlga qoʻyiladi.

    “Sariq” toifadagi maktablarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi. “Yashil” toifadagi maktablar tajribasi esa keng targʻib qilinadi va ommalashtiriladi. Bunday mexanizm yaxshi samara beradi va, oʻz navbatida, “yashil” toifadagi maktablar soni koʻpayishiga xizmat qiladi. Konsepsiya “Yangi Oʻzbekistonning yangi maktabi” gʻoyasi asosida mamlakatimizda maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish borasida qilinayotgan ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda muhim oʻrin tutadi.

    Buning natijasida oʻquvchilar qalbida xalqimizga xos yuksak maʼnaviy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar muvofiqlashtiriladi. Maktablarda maʼnaviy­-maʼrifiy ishlar taʼsirchanligini oshirish va ularni bugungi kun talablari bilan uygʻunlashtirish vositasida bolalar ongida maʼnaviy immunitet mustahkamlanadi. Taʼlim­tarbiya jarayonida maktab direktori, pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota­onalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi mexanizmi joriy etilishi natijasida maktablardagi maʼnaviy­-maʼrifiy ishlar samaradorligiga erishiladi.