Raqamlashtirish ishlari talab darajasida olib borilyaptimi?

    Raqamlashtirish 6 Mart 2023 2152

    Davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, hujjatlarni qogʻoz shaklidan elektron shakliga toʻliq oʻtkazish maqsadida davlat organlari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini raqamlashtirishning qamrovini yanada kengaytirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Joriy yil 22-evralda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi ham aynan raqamlashtirish ishlarini jadallashtirishga bagʻishlangan edi. Unda raqamlashtirish yoʻnalishida mavjud kamchiliklar sanab oʻtilib, galdagi vazifalar

    belgilab berildi.

    Raqamlashtirish sohasida davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni qoʻllab-quvvatlash hamda mazkur yoʻnalishida qabul qilingan tegishli normativ- uquqiy hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan

    parlament nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023 yil 3-martda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan eshituv oʻtkazildi.

    Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligining davlat organlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini hamda davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini sifatli optik tolali internet bilan taʼminlash

    hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari muhokama etildi.

    Qayd etilganidek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2022-yilda Yagona portalda joriy etilgan davlat xizmatlari soni 370 taga yetkazilgan va 2023-yilda yana qoʻshimcha 200 ta elektron xizmatlar joriy etilishi rejalashtirilyapti. Bundan tashqari, “Elektron hukumat”ning asosiy prinsiplaridan biri elektron xizmatlarni “bir darcha” taomili asosida, yaʼni elektron hamkorlik asosida koʻrsatishi belgilangan boʻlib, ushbu yoʻnalishda fuqarolardan 70 dan ortiq hujjat hamda maʼlumotnomalarni talab qilish

    amaliyoti bekor qilindi. 38 turdagi xizmatlardan foydalanishda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilindi.

    Qolaversa, aholini sifatli optik tolali internet bilan taʼminlash doirasida Xalqaro Internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga yetkazilgan. Respublika boʻylab magistral telekommunikatsiya tarmoqlari oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazilgan. Natijada respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2021 yil boshiga nisbatan

    25 foizga arzonlashtirishga erishilgan.

    Tadbirda raqamlashtirish yoʻnalishida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda ayrim muammo va kamchiliklarga toʻxtalib oʻtildi. Xususan, hozirda vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashtirilgan. Aholi eng koʻp murojaat qiladigan

    Ichki ishlar idoralarida 34 ta, Adliya idoralarida 32 ta, “Oʻzstandart”da 29 ta, sogʻliqni saqlashda 11 ta xizmat raqamlashtirilmagan. Ishga yoki oʻqishga kirish, haydovchilik guvohnomasini olishda kerak boʻladigan “086-shakl”dagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun odamlar har safar poliklinikalarga murojaat qilishga majbur.

    Yana bir holat. Yerlarni xususiylashtirish uchun murojaat onlayn beriladi. Lekin kommunal sohadagi maʼlumotlar raqamlashtirilmagani bois, keyingi bosqichlar baribir “qoʻlda” bajarilyapti. Yoki yiliga 300 mingdan ortiq fuqarolarimiz yangi avtomobil sotib oladi.

    Ammo roʻyxatdan oʻtish va davlat raqami olish uchun haligacha yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga borishga majbur boʻlyapti.

    Bundan tashqari aholiga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari portallari va (yoki) turli xil ilovalar ularning interfeysidan tortib to alohida operatsiyalarni amalga oshirish tizimlarigacha juda murakkab ishlab chiqilgan. Bu esa oʻz navbatida aholiga yaratilgan

    imkoniyatlardan samarasiz foydalanishiga olib keladi. Deputatlar shuningdek elektron xizmatlarda qulayliklarni yaratish boʻyicha xususiy sektor nisbatan oldinlab borayotganini ham qayd etdi, deb xabar beradi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.