Germaniya hukumatining epidemiologik farovonlikni ta'minlash sohasidagi ishchi organi Robert Kox instiuti Kupferzellda (Baden-Vyurtemberg erida) o'tkazilgan tadqiqot natijalarini e'lon qildi.
Loyihada 2,2 mingdan ortiq katta yoshdagi insonlar ishtirok etishdi. Inson tanasida antikorlarning shakllanishi va koronavirusga qarshilik ko'rsatish xususiyatlarini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, mutaxassislar shunday xulosalarga kelishdi:
1). Ilgari koronavirus bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham (50 tadan 16) antikorlarga ega emas edi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, COVID-19 dan xalos bo'lgan odamlar har doim ham immunitetni rivojlantira olmaydilar va nazariy jihatdan ular virusni yana qaytadan yuqtirishlari mumkin.
SHuningdek, tadqiqot natijalariga ko'ra, so'ralganlarning 16,8 foizida COVID-19ga o'xshash alomatlar (isitma, nafas qisilishi, yo'tal) yo'q.
2) Mutaxassislarning fikriga ko'ra, asemptomatik odamlarni aniqlashdagi qiyinchiliklar tufayli koronavirusni erta aniqlash va davolashning yagona samarali usuli, shuningdek, ikkinchi darajali koronavirusning oldini olish bu kuzda Kupfelzell aholisi uchun o'tkazilgan testlar soni sezilarli darajada oshishi demakdir.