– Qayd etilgan holatlarning 40-45 foizi uy sharoitida tayyorlangan konserva va marinadlarga to‘g‘ri kelib, bunda hatto o‘limga olib keluvchi eng og‘ir turdagi zaharlanish – botulizm kasalligi rivojlanadi.
Chunki xonadon sharotida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan texnologik jarayonlarga rioya qilish imkonsiz. Vaholanki, botulizm qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitga o‘ta chidamli bo‘lib, 100 S darajada 6 soat, 120 S haroratda esa 10 daqiqagacha tirik qoladi.
Bu holatda:
- nafas olish qiyinlashishi, qorin sohasida og‘riq, jismlar ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), ko‘z qovoqlari osilib qolishi (ptoz), yutinish qiyinlashishi va gapirish qobiliyati pasayishi;
- ko‘ngil aynishi va qusish (ko‘pincha takrorlanadi);
- umumiy holsizlik va zaiflik kabi belgilar namoyon bo‘ladi.
Bunday vaziyatlarda shifokorga darhol murojaat qilish lozim. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasligi bemorning nafaqat sog‘lig‘i, balki hayotiga ham xavf solishi mumkin.
Buning oldini olishda eng oddiy, ammo samarali qoidalarga amal qilish yetarli. Yaʼni:
- oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan joylardan, ularning yaroqlilik muddatlariga eʼtibor qilgan holda xarid qilish;
- sifati kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqatlarni sotib olmaslik;
- oziq-ovqatlarni ortiqcha xarid qilmaslik, ularning saqlash sharoitlariga eʼtibor berish;
- taom tayyorlashdan avval yoki ovqat pishirish chog‘ida shaxsiy gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etish;
- taomlarni meʼyor darajasida tayyorlash va ularni isteʼmol qilish qoidalari hamda madaniyatiga amal qilish lozim.