Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlbola alkogol mahsulotlarini tayyorlash bilan shugʻullanib kelgan yashirin sex aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Yashnobod tumanidagi Aviasozlar dehqon bozori rastalaridan 35 kg kolbasa mahsuloti yaroqlilik muddati koʻrsatilmagani uchun rastadan olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Andijon viloyatida noqonuniy yogʻ ishlab chiqarish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryoda “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda qariyb 500 kg. Isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari borligi aniqlandi.
Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida yashirincha yogʻ ishlab chiqarib kelgan juvoz sexi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tumani boʻlimi va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi savdo doʻkonida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotilayotganligi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xonqa tumanlarida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan sado doʻkonlari aniqlandi.
Qoʻqon shahri va Uchkoʻprik tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda xonadonlardagi yashirin sexlarda bir necha nomdagi dorilar qalbakilashtirilayotgani fosh qilindi.
Toshkentning Shayxontohur va Mirzo Ulugʻbek tumanida noqonuniy ravishda katta miqdorda etil spirtini sotayotgan shaxslar tegishli tartibda qoʻlga olindi.