YUrtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar yangi, yanada yuksak bosqichga ko'tarilayotgani xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori o'sish sur'atini ta'minlash uchun munosib shart-sharoit yaratishga asos bo'lmoqda. Bu borada ilm-fanning roli va ahamiyatini tilga olmay iloj yo'q. Zotan, bugun barcha sohalar oldida turgan ayrim masalalarni ilm-fansiz echish murakkabligini zamonning o'zi ko'rsatmoqda.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2018 yil 6 aprel` kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir YUnusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi institutida vazirlik va idoralar, oliy ta'lim muassasalari va O'zFA ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqotda “Hamma sohaning kelajagi sizlarga, ilm-fanga bog'liq. Bundan keyin mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirishga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo'naltiriladi. Ilm-fan rivojlansagina ertangi kunimiz haqida tasavvur qila olamiz”, deya ta'kidlab o'tgan edi.
Bu so'zlar bugun mamlakatimizda barcha sohalarni, jumladan, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning mohiyatini anglatadi. Davlatimiz rahbari ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishini belgilab beruvchi muhim omil ekanini bot-bot ta'kidlamoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmonida innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish mavjud salohiyatga nisbatan etarli emasligi, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi ta'minlanmagani tanqidiy baholangan edi.
Mana shu tanqiddan zarur xulosa chiqarib, endi ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish mamlakatimiz rivojlanishining drayveri ekani kun tartibiga qo'yilmoqda. Bunga qo'shimcha ravishda xorij investitsiyasini keng jalb etish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etish davr talabi darajasiga ko'tarilmoqda. AQSH va Evropa davlatlarida oliy ta'lim hamda ishlab chiqarish korporatsiyalari o'zaro hamkorlikda rivojlanadi.
Basharti, oliy ta'lim muassasalari biznes tuzilmalar bilan hamkorlik qilmas ekan, shubhasiz, moliyaviy manbalarini yo'qotadi. Keng jamoatchilik, yirik ishbilarmon sarmoyadorlar qatlami orasida, xalqaro ta'lim va ilmiy hamkorlik borasida jozibadorligini boy beradi. Ayniqsa, bitiruvchilarining ishga joylashish imkoniyati pasayadi.
Masalan, Angliyada Faradey jamoatchilik loyihasi doirasida olimlar jamoasi bilan tadbirkorlar o'zaro samarali sheriklik o'rnatib, birlashgan tashkilot tarmog'ini tashkil etadi. Bu jarayonda firmalar, tijorat assotsiatsiyalari, tadqiqot byurolari va universitetlar o'zaro hamkorlikda ish yuritib, jahondagi eng so'nggi ilmiy-texnologik yangiliklar xususida fikr almashadi. Bundan maqsad ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini ta'minlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hisoblanadi. Ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ilmiy tahlil etadigan bo'lsak, u sinergiya qonuniga, ya'ni sinergetik effekt qonuniga asoslangan.
Sinergetik effekt nima? Sinergiya tushunchasi yunon tilidan olingan bo'lib, hamjihatlik, birgalikdagi faoliyat, kooperativlik, birgalikda ishlash degan ma'nolarni anglatadi. YAxlitlik o'z qismlari yig'indisidan katta bo'lib, bu sinergetik qonunning mohiyatini anglatadi (1+1=3). Soddaroq tushuntiradigan bo'lsak, tizim elementlarining alohida faoliyati natijasidan ularning birgalikda, hamjihatlikda ishlashi samarasi yuqori bo'ladi.
Bu jarayonda yaxlit tizimning yakka qismlari byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etish davr talabi darajasiga ko'tarilmoqda. AQSH va Evropa davlatlarida oliy ta'lim hamda ishlab chiqarish korporatsiyalari o'zaro hamkorlikda rivojlanadi. Basharti, oliy ta'lim muassasalari biznes tuzilmalar bilan hamkorlik qilmas ekan, shubhasiz, moliyaviy manbalarini yo'qotadi. Keng jamoatchilik, yirik ishbilarmon sarmoyadorlar qatlami orasida, xalqaro ta'lim va ilmiy hamkorlik borasida jozibadorligini boy beradi. Ayniqsa, bitiruvchilarining ishga joylashish imkoniyati pasayadi.
Bu jarayonda yaxlit tizimning yakka qismlari birlashuvi, integratsiyasi natijasida tizim faoliyati samaradorligi ortadi. Bunday samarali integratsiya mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion o'sishini ta'minlaydi. Ushbu elementlarning birortasi o'z funktsiyasini sifatli va natijali bajarmas ekan, yaxlit tizimda muayyan tizimli muammolar namoyon bo'ladi.
Prezidentimizning “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori o'qitish sifatini oshirish, sohadagi dolzarb muammolarni echish, kadrlar sifatini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, ta'lim fan va ishlab chiqarish uchun kadrlar tayyorlash orqali ishlab chiqarish yoki ilmiy-tadqiqot sohasiga yo'l ochishi mumkin. SHu asnoda ta'lim jarayoni fan va ishlab chiqarish sohalari bilan organik ravishda bog'liq.
Ta'limning sifati va samaradorligini yuksak salohiyatli pedagog kadrlar belgilaydi. Hozirgi kunda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo'nalishida qator ishlar yo'lga qo'yilmoqda. Jumladan, O'zFA Qoraqalpog'iston bo'limi tabiiy ilmiy-tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan ham samarali faoliyat olib borilmoqda. Jumladan, institut olimlari tomonidan 4 ta innovatsion ishlanma “Yo'l xaritasi”ga kiritilgan.
Bular “Qoraqalpog'istonning mahalliy agrorudasi asosida yangi turdagi o'g'it olish texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish”, “Tabiiy sharoitda joylashgan qumlik tuproqlarning fil`trlanishi koeffitsientini aniqlash usuli”, “Polietilen chiqindilaridan foydalanish usullari”, “Xokak va barxan qumlar asosida silikat materiallarni olish usullari”dir.
Birinchi innovatsion ishlanma Qoraqalpog'istonning mahalliy agrorudalari asosida yangi turdagi o'g'it olishga qaratilib, ushbu texnologiya bo'yicha ellikqal'a tumanida “Porlitog’ kimyo” MCHJ innovatsion kichik zavodi ishga tushirildi. Mazkur ishlanmaga Intellektual mulk agentligidan patent olindi. Institut olimlari tomonidan silikat g'isht ishlab chiqarish bo'yicha yaratilgan texnologiya asosida 2019 yili Nukus shahridagi eski keramzit zavodi binosi o'rnida silikat g'isht ishlab chiqarish zavodining texnologik binosi tiklandi hamda birinchi va ikkinchi texnologik liniyalari qurildi. Hozir ushbu zavodni texnologik montaj qilish ishlari bajarilib, foydalanishga topshirilish arafasida.
Institutning muhandislik geologiyasi yo'nalishida ham ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish jarayoni yaxshi yo'lga qo'yilgan. Geologiya laboratoriyasi olimlari ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ko'plab ishlarni bajarmoqda. SHartnomaviy ishlar doirasida olimlar dala muhandislik-geologik tadqiqotlar olib bordi, tuproq va erosti suvlari tarkibini, fizik-mexanik xususiyatini aniqlashdi. Loyihalashtirilgan qurilish ob'ektlarining, masalan, Qoraqalpog'istonning qishloq joylarida joylashgan maktablar, fel`dsherlik va akusherlik stantsiyalari, klublar, kanallarning kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta qurish bo'yicha yuzdan ortiq xulosalar olindi.
2016 yilda “G'uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” xalqaro A-380 avtomagistrali qurilishida tuproqlarning fizik-mexanik xususiyatlarini va kimyoviy tarkibini aniqlash bo'yicha laboratoriya ishlarini olib borish uchun “Yo'l-loyiha byurosi” MCHJ bilan iqtisodiy bitim tuzildi. Ustyurt platformasidagi kam o'rganilgan tuproqlarning optimal namligini aniqlash bo'yicha tavsiyalar berildi. Ushbu inshoot qurilishi joriy yilda boshlangan. 2021 yilda ham xo'jalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yangi O'zbekistonni barpo etishda fan, ishlab chiqarish va ta'lim jarayonining uzviyligini, integratsiyasini ta'minlash barcha muvaffaqiyatlar asosini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi.
Nag'met AIMBETOV,
O'zFA Qoraqalpog'iston bo'limi raisi, akademik