Tashrif doirasida, mazkur ilmiy-amaliy markazning Sirdaryo filiali va shu bilan birga Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tuman, shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari vrach oftalmologlar uchun «Tizimda NCD profilaktikasi va nazoratdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashda birlamchi yordam» mavzusida uch kunlik amaliy va nazariy seminar tashkil etildi.
Unda diabet kasalligi, uning yurak-qon tomir tizimi, oyoq va koʻz sohasidagi asoratlarini erta bosqichlarda aniqlash, davolash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, koʻz sohasida yuzaga kelgan diabetik retinopatiyani bartaraf etishga qaratilgan dunyoning koʻpgina ilgʻor davlatlarida qoʻllanilayotgan lazer terapiya usullari haqida soʻz yuritildi.
Va shu bilan birga, sirdaryolik vrach oftalmologlarning ham amaliy, ham nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, Sirdaryoda istiqomat qilayotgan diabetik retinopatiya xastaligi, uning asoratidan qiynalgan va davolanishga muhtoj bemorlar uchun tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida har bir bemor, uning koʻz tomirlari bilan bogʻliq muammo, «Mahorat darsi» asosida Finlyandiyada ishlab chiqarilgan, ilk bora Sirdaryo tibbiyotida qoʻllanilayotgan «Smartscope PRO» raqamli kamera yordamida chuqurroq oʻrganildi. Natijaga qarab, diabetik retinopatiya asoratlari mazkur muassasaga yaqindagina Hindistondan keltirilgan lazer jarrohlik uskunasi yordamida bartaraf etildi.
— Bu kabi amaliyotlar nafaqat Buyuk Britaniyada, dunyoning koʻplab rivojlangan davlatlarida qoʻllanilib kelinyapti, — deydi Buyuk Britaniyalik professor Simon Harding. — Ushbu amaliyot, Oʻzbekiston Respublikasida Sirdaryo viloyatida birinchilardan boʻlib yoʻlga qoʻyilayotgani taʼkidlash joiz. Diabetik retinopatiya, uning asoratlaridan aziyat chekayotgan, chor atrofni rangin emas, loyqa koʻrayotgan bemorlar uchun nihoyatda qoʻl kelib qolmay, amaliyotdan soʻng, chor-atrofni loyqa, rangsiz emas, odatdagidek, rangin va tiniq koʻra boshlaydi.
Qolaversa, oʻtkazilgan amaliy va nazariy seminar davomida diabetik retinopatiya xastaligi, uning asoratlarini ixtisoslashtirilgan muassasalarga kelmasdanoq, birlamchi tizimda tashkil etiladigan skrining koʻriklar davomida aniqlash uchun, eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan ham soʻz yuritildi.
— JSST tashabbusi bilan diabetik retinopatiya, uni erta bosqichlarda aniqlash, davolash yuzasidan Sirdaryoda tashkil etilgan amaliy va nazariy seminar, oʻylab qaraydigan boʻlsak, sirdaryolik vrach oftalmologlar uchun nihoyatda foydali boʻldi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialining oliy toifali vrach-oftalmologi Ulugʻbek Karimov. — Diabetik retinopatiya, uni tashxislash va davolash borasida muhim qadamlarni tashlagan boʻlsakda, oʻzimizga yarasha muammolarimiz bor edi. Bunga esa, oʻtkazilgan amaliy va nazariy seminar davomida javob topdik.
Quvonarli tomoni, oʻtkazilayotgan amaliy va seminar soʻngida, JSST va WWF banki tomonidan Guliston shahri, Boyovut, Sardoba, Oqoltin tumanlari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialiga «Smartscope PRO» raqamli kamera taqdim etiladi. Bu esa, nafaqat diabetik retinopatiya xastaliklarini erta bosqichlarda, yuqori aniqlikda tashxislash va davolashda qul keladi.
Gʻulom Primov,
Sirdaryo viloyati
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi
matbuot kotibi.