Tadbirda Toshkent shahrida 55 kilometrlik piyodalar va velosiped yoʻlaklari mavjudligi, bundan tashqari soʻnggi 3-yilda 3 mingdan ortiq mahallarda sport maydonchalari barpo etilganiga qaramay, sport maydonchalarining sifati va aholi tomonidan ularga talabning pastligi bilan bogʻliq muammolar saqlanib qolayotgani kabi masalalar muhokama etildi.
Davra suhbati ishtirokchilari ochiq havoda sport inshootlarini qurish va rejalashtirishga sogʻlom turmush tarzi sohasidagi mutaxassislarni jalb etish masalasini qoʻllab-quvvatladilar.
Shu munosabat bilan tadbir davomida, jamoatchilik faollari, Delivery Unit va Toshkent shahar hokimligi vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, mavjud sport maydonchalarining holatini yaxshilash boʻyicha qator takliflar bildirildi. Ular orasida maydonlar qoplamasi sifatini yaxshilash, oʻyin maydonchalari va mashgʻulot zonalarini yugurish yoʻlaklari orqali oʻrash, kechki payt aholi uchun maktab sport maydonchalariga bepul kirishni tashkil etish, mahallalardagi sport inshootlari uchun butalar yordamida tabiiy panjara yaratish kabilar.
Maʼlumot uchun, Delivery Unit modeli birinchi marta Buyuk Britaniyada, 2001-yilda Bosh vazir Toni Blerning ofisida paydo boʻlib, raqamlar bilan ishlash va maʼlumotlarni tahlil qilishga asoslanadi. Keyinchalik bu yondashuv boshqa koʻplab mamlakatlarda qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Delivery Unit ishini zamonaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va kartalarni ulash orqali boyitilgan.
Aholi salomatligi sohasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish orqali yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetdan bevaqt oʻlimni kamaytirish Delivery Unitning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu yoʻnalishda Delivery Unit tez orada keng ommaga taqdim etiladigan Sogʻlom turmush tarzi milliy strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etyapti.
Strategik islohotlar agentligi.