Tafakkur qanoti

    “Prezident sovg'asi” – “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlanib kelmoqda. 5 yil davomida 11 nafar yosh kitobxon ushbu yuksak sovg'aga musharraf bo'ldi.

    Kitob mutolaasi odamlarni hamisha ezgulikka chorlaydi va ma'rifatga oshno etadi. YOshlarning qalbida yuksak ma'naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning o'rni beqiyos. So'nggi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, Prezidentimizning bir qator qarorlari qabul qilindi.

    Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi farmoyishi, 2017 yil
    13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi, 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida”gi qarorlari shular jumlasidan.

    Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, yurtimizda kitobga bo'lgan munosabatning ijobiy tomonga o'zgarishiga, natijada jamiyatda kitobga bo'lgan munosabat tubdan o'zgarib, kelajak avlodning ma'naviy saviyasini yanada yuksaltirishga zamin yaratdi.

    Bu borada, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish orqali yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan “YOsh kitobxon” tanlovi muhim ahamiyat kasb etdi. Tanlovning mamlakat bosqichida birinchi o'rinni egallagan g'oliblarning har biri, “Prezident sovg'asi” – “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlanib kelmoqda. 5 yil davomida 11 nafar yosh kitobxon ushbu yuksak sovg'aga musharraf bo'ldi.

    Prezident sovg'asi

    Xo'sh, davlatimiz rahbarining yuksak sovrinini qo'lga kiritgan ushbu g'olib yoshlar ayni kunlarda nimalar bilan band? Bu mukofot ularning yutuqlari, intilishlari, kelajagiga qanchalik ta'sir ko'rsatdi? Ko'nglimizdan kechgan ushbu savollarga javob olish maqsadida g'olib bo'lgan yoshlar, ularning ota-onalari va tanlovda hakamlik qilgan adabiyotshunos olimlarni suhbatga chorladik...

    “YOsh kitobxon” tanlovining 2017 yilda o'tkazilgan ilk bosqichida Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi 17-maktabning 10-sinf o'quvchisi Mohiniso SHomurodova birinchi o'rinni egallab, Prezident sovg'asi bilan taqdirlangan edi. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining talabasi.

    — Qizim Mohiniso “YOsh kitobxon” tanlovida g'olib bo'lganida 16 yoshda edi, — deydi uning otasi SHavkat aka Do'lanov. — Bilasizmi, bu tanlov nafaqat qizimning, shu bilan birga, mening hayotimdagi ham eng quvonchli voqealardan biri bo'ldi. O'zim asli o'qituvchiman. Uyimdan olisroqda joylashgan ishxonamga velosipedda qatnardim...

    Qizimning muvaffaqiyati bilan velosipedim “Spark” avtomobiliga aylandi. Qizim sovg'a qilgan mashinani minib yurar ekanman, qalbim faxrga to'ladi. Aslida men ham yoshligimda ko'p kitob o'qirdim, kitob o'qishga juda qiziqardim. Biroq, bizning davrimizda bugungi yoshlarga qaratilayotgan e'tiborning o'ndan biri ham bo'lmagan. Prezidentimizning g'amxo'rligi va rag'bati tufayli bugungi yoshlar ulkan imkoniyatlarga ega bo'lib, bilim va iqtidori bilan yuksak muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishda davom etmoqda. Men ularga juda havas qilaman!

    “YOsh kitobxon” tanlovi, mutolaaga, ma'rifatga bo'lgan rag'bat, shart-sharoit Mohinisoning ilm olishida, maqsadlariga etishishida ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ana shu ezgu maqsadlarga intilish samarasi o'laroq u joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Bu esa, kitob insonning eng yaqin do'sti va bebaho boyligi, hayotini o'zgartirishga qodir bo'lgan buyuk mo''jiza ekanidan dalolatdir.

    Umr yo'llarini yorituvchi yog'du

    — Kitob — qalbimizni poklovchi, umidlarimizni yuksaltirib, ruhiyatimizni tozartiruvchi ajib bir mo''jiza, — deydi 2018 yilda “YOsh kitobxon” tanlovining mamlakat bosqichi g'olibi, Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi SHarofatxon Ismoilova. — Kitob tufayli odam va olam go'zalligini yanada teran o'rganib borayotgandayman. Bolaligimdan kitobga oshno bo'lib, ular ichida ulg'aydim. Tanlovda g'olib bo'lganim, orzularimga uchqur bir qanot berdi. Hozirda institutda o'qish bilan birga, Alisher Navoiy lirikasini chuqurroq o'rganish maqsadida ilmiy izlanishlarimni ham olib borishni mo'ljallayapman. Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq qon-qonimga singib ketgan. Men bugun shu narsani anglab etdimki, kitob hayotning ulug'vorligini anglab olishga yordam berish barobarida, insonni ulug'lik sari etaklarkan...

    Saodat manbai

    Darhaqiqat, kitob — umr yo'llarimizni yorituvchi so'nmas nur, hayotimizga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai. “YOsh kitobxon” respublika tanlovining hay'at a'zolari, taniqli adabiyotshunos olimlarning tanlov va kitob mutolaasi haqidagi fikrlarini tinglar ekanmiz, Prezidentimizning “Kitobsiz taraqqiyotga va yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi” degan so'zlari zamirida ulkan ma'no-mazmun mujassam ekaniga yana bir bor amin bo'ldik.

    — Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va g'amxo'rligi ostida tashkil etilgan “YOsh kitobxon” tanlovi nafaqat yoshlarimizni, balki butun xalqimizni kitob o'qishga va undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlamoqda, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov. — Men qariyb 4 yildan beri ushbu tanlovda ishtirok etib kelaman. SHu jarayonda amin bo'ldimki, yosh kitobxonlarning saviyasi, dunyoqarashi, fikrni ifoda etish tarzi yildan-yilga ijobiy tarafga o'zgarib bormoqda. Tanlovning Nizomi takomillashib borayotganini ham alohida ta'kidlashni istardim. Deylik, bu yil shartlarga yana 2 ta yangi shart qo'shildi. Birinchisi “Tezkor savol-javob” va ikkinchisi ”erkin mavzu”. Bunda ishtirokchining mantiqiy fikrlashi, voqea-hodisalarni badiiy adabiyotga bog'lashi hamda adabiy tilda silliq gapirishi mezonlar asosida baholanadi. Bu tanlov kelajakda o'zining yuksak natijasini berishi, shubhasiz. Bugungi rag'bat faqat o'quvchi va talabalarni emas, balki ota-onalarni ham ­qiziqtirmoqda. Ota-onalar farzandlarini bilim olishga, kitob o'qishga yanada rag'batlantiryapti. eng muhimi, ular ham kitobning inson shaxsining shakllanishidagi kuchini, ta'sirini yanada chuqur his etishmoqda.

    — CHindan ham kitob insonni erdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. Ana shu buyuk kuch tufayli insoniyat tafakkurida ezgu g'oyalar rivoj topadi, komillik va yaxshilikka intiladi, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Jabbor eshonqulov. — SHu bois, bugun mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, so'nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi va yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, bu orqali ma'naviy-ma'rifiy muhitni yuksaltirish borasida zalvorli natijalarga erishilayotganini bugun barchamiz ko'rib guvoh bo'lib turibmiz.

    Qaror, fakt va raqamlar

    Vazirlar Mahkamasining “2020–2025 yillarga mo'ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi to'g'risida”gi qarori loyihasi kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo'ldi. Ushbu hujjat loyihasiga ko'ra, O'zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, kitobxonlik bilan bog'liq muammolarga samarali echim ishlab chiqish maqsadida 2020–2025 yillarga mo'ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

    YUksak manzillar sari

    — “YOsh kitobxon” tanlovini tashkil etishdan asosiy maqsad — buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o'rganish, targ'ib etish, yoshlarimizni o'zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishdan iborat, — deydi ­Respublika YOshlar ishlari agentligi direktorining o'rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova. — 2017 yil 250 ming, 2018 yil 720 ming, 2019 yilda 1 million 210 ming, 2020 yilda 300 ming nafar yosh “YOsh kitobxon” tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan. 2017–2021 yillar mobaynida jami 3 millionga yaqin yoshlar shu istak yo'lida ariza bilan murojaat qilgan. “Ma'rifat karvoni” tadbirlari doirasida esa, 3 million 200 mingdan ziyod kitob yoshlarga etkazib berildi. Mazkur kitoblar uchun 30 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratilgan. SHuningdek, “YOshlar nashriyot uyi” tashkil etilib, 10 milliard so'mdan ortiq mablag' hisobiga “YOshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 nomdagi 590 ming nusxa badiiy adabiyot chop etilib, yurtimizdagi barcha ta'lim muassasalari kutubxonalariga bepul tarqatildi. Tanlov doirasida mahalliy, hududiy va respublika bosqichi g'oliblari 30 mingdan ortiq badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi. Albatta, mazkur tanlov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirishda ham asosiy kuch hisoblanadi. SHuning uchun ham, kitobxonlik borasida so'nggi 4-5 yil ichida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarni yuksak manzillarni ko'zlagan o'ziga xos saodat manzili, deya baralla aytishimiz mumkin.

    Tanlov g'oliblari va muvaffaqiyatning ikkinchi dovoni

    Maqolani tayyorlash jarayonida so'nggi yillarda “YOsh kitobxon” tanlovining g'olibi bo'lgan 11 nafar yigit-qizning ism sharifini birma-bir qayd etib, gazetxonlar e'tiboriga havola etishni lozim topdik.

    SHunday qilib, tanlovning ilk bosqichi, ya'ni 2017 yilda, samarqandlik Mohiniso SHomurodova hamda farg'onalik SHarofatxon Ismoilova Respublika bosqichida birinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

    2018 yilda samarqandlik Mahliyo O'roqova, qoraqalpog'istonlik Nursulu Kokanova, toshkentlik SHohsanam Xolboeva ana shunday muvaffaqiyatga erishdi. 2019 yilda Toshkent shahridan Otabek eshpo'latov, Qoraqalpog'iston Respublikasidan SHahzoda Karimboeva, Qashqadaryo viloyatidan Surayyo SHodieva, 2020–2021 yillarda esa, farg'onalik Muhammadfozil Ismoilov, poytaxtdan Maftuna Umarova, andijonlik Fotimaxon Mamatalieva “YOsh kitobxon” tanlovi g'oliblari, deb e'tirof etildi.

    Bugungi kunda “YOsh kitobxon” tanlovi g'oliblarining 2 nafari — Mahliyo O'roqova va SHohsanam Xolboeva “Kelajak bunyodkori” medali bilan, Fotimaxon Mamatalieva “SHuhrat” medali bilan taqdirlangan bo'lsa, Mohiniso SHomurodova hamda SHahzoda Karimboeva “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Bu esa, kitobxon g'oliblarimiz Prezident bildirgan yuksak ishonchni oqlash barobarida, yanada yuksak marralarni zabt etish uchun jiddiy izlanayotganidan darak beradi.

    Kitob – tafakkur qanoti

    Darhaqiqat, “YOsh kitobxon” tanlovi kelajakning nurli manzillariga olib boruvchi yorug' yo'llar sari chorlar ekan, o'z bag'riga ezgulikning istiqbolli loyihalarini ham qamrab oladi. Jumladan, joriy yildan boshlab har yili aprel` oyining birinchi haftasida o'tkazilishi belgilangan “Kitobxonlik haftaligi” insonlarning qalbiga ma'rifat yog'dusini olib kirsa, 30 yoshgacha bo'lgan yosh oilalarni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan “YOsh kitobxon oila” tanlovi oilalarning yanada baxt va saodatga burkanib yashashida baxtli bir bekat hisoblanadi.

    Insonga kitobdan qimmatli do'st yo'q. U tufayli inson tafakkurida ezgu g'oyalar ulg'ayadi, komillik va yaxshilikka intiladi.

    Sevimli adibimiz Oybek yozganidek, “Kitob tafakkur qanotidir”.

    Gulichehra DURDIEVA,

    “YAngi O'zbekiston” muxbiri