Inson tanasida tushgan COVID-19 kuchli immunitet reaksiyasini chaqiradi, ammo immunitet infeksiya tarqalishiga xalaqit beradi. Bu haqda MedicalXpress portalida eʼlon qilingan, Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda aytilgan.

Koʻpgina bemorlarning immunitet tizimi gripp virusiga qaraganda koronavirusga koʻproq tajovuzkor javob beradi. Va bu bemorlarning oʻpkasiga salbiy taʼsir qiladi. Olimlar infeksiya yuqqanidan bir necha daqiqa oʻtib, organizm virusga qarshi turishga harakat qilishini aniqladi. Kasallikning 11-kunida bemorda koʻpincha oʻtkir respirator siqilish sindromi deb nomlanuvchi ogʻir pnevmoniya rivojlanadi. “Oʻpka nafaqat virus bilan, balki immunologik kurash bilan ham yoʻq qilinadi”, deydi professor Maks Krammel. Olimlar pnevmoniyaning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun immunitet tizimi reaksiyasini kamaytirish yoʻlini topishga umid qilishmoqda. Ammo immunitetning taʼsirini juda sekinlashtirib boʻlmaydi, aks holda bu tahdidni yengish qiyin, deyiladi xabarda.

Virus birinchi navbatda burun yoki tomoq hujayralaridagi ACE2 retseptorlariga kiradi. Ammo bu retseptorlar insonning yuragini, ichaklari va boshqa aʼzolarini ham toʻldiradi.

SARS-CoV-2, 2002-yilda paydo boʻlgan SARS-CoV asl virusiga qaraganda kamroq halokatli boʻlsada, u tezroq koʻpayadi. Bundan tashqari, asosan oʻpkaga taʼsir qiluvchi tipik pnevmoniyadan farqli oʻlaroq, yangi koronavirus nafas yoʻllarida koʻpayib, juda yuqumli hisoblanadi.

Ammo SARS-CoV-2 bilan kasallanish odatda shamollash kabi his etilmaydi. Kasalxonaga yotqizilgan infeksiyalanganlarning 20 foizdan kamrogʻi tomoq yoki burni ogʻriyotganini aytishadi. Zararlangandan keyingi dastlabki bir necha kun ichida odamda yuqori harorat, quruq yoʻtal, yoki eng muhimi, hid va taʼm sezilmaydi. Ammo aksariyat odamlar hech qanday kasallikni his qilmaydi.

OIV boʻyicha katta tajribaga ega boʻlgan professor Monika Gandining soʻzlariga koʻra, millionlab odamlar virusni bilmasdan turib tarqatishi mumkin, bu esa infeksiyani alomatsiz tarzda yuqishiga olib keladi.