Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining hayotga tizimli va izchil tatbiq etilishi demokratik islohotlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda. Bu birinchi o‘rinda, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi. Qayd etish lozimki, “Inson qadri” — fuqarolarning tinch va xavfsiz hayotini, asosiy huquq va erkinliklarini, bosqichma-bosqich munosib turmush sharoitini taʼminlash va zamonaviy infratuzilmani yaratish, mamlakatning har bir fuqarosi uchun malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli taʼlim, ijtimoiy himoya va sog‘lom ekologik muhitni yaratish demakdir. Bunga eng avvalo, “Yangi O‘zbekiston — xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi va “inson — jamiyat — davlat” tamoyilini hayotga faol tatbiq etish, Prezident, parlament va hukumat o‘rtasida vakolatlarni aniq taqsimlash, hokimiyatlar bo‘linishi tizimida o‘zaro tiyib turish va muvozanatni mustahkamlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, zamonaviy xalqaro hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topish orqali erishiladi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan global dunyoda axborot texnologiyalari kirib bormagan biron soha bo‘lmasa kerak. Davlat boshqaruvi tizimida barcha tuzilmalar va mansabdor shaxslar o‘zaro axborot oqimlari bilan bog‘lanib, yaxlit kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil qiladi. Hokimiyatning barcha organlari oldida turgan muammolar murakkablashib va ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik tobora kuchayib bormoqda. Bu esa barcha pog‘onalardagi davlat xizmatining samaradorligini oshirishni taqazo etmoqda. Bu vazifaning hal etilishi axborot maydonining holatiga, boshqaruvni axborot bilan ta’minlashga bevosita bog‘liqdir. Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining ta’sirchan tizimini yaratishda “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi o‘rnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni bilan “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi. Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarni institut miqyosida amalga oshirish uchun yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha faoliyat natijadorligini nazorat qiladi. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, bo‘lim Nizom, vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. “Ijro intizomi” —davlat organlari faoliyatida muhim vazifa shaxsiy masʼuliyat, temir intizom, kasbiy gʻurur va professional mahorat—ijro intizomining mustahkam poydevori hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-son qarori bilan ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul bo‘linmalarining ijro intizomini mustahkamlashdagi rolini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini belgilash topshirilgan.
Xulosa qilib aytganda, yangi qabul qilinadigan qonunlar har bir qonuniy faoliyatlarning samaradorligini va nufuzini oshirishga, mustaqilligini mustahkamlashga, vakolatlarini kengaytirishga, uni shakllantirish tartibini yanada demokratlashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirishga qaratiladi, mazkur konstitutsiyaviy yangilanishlar, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish, konstitutsiyaning ustunligini ta’minlashga oid faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga imkon yaratadi.
Tashmetova Gulnoza Sadriddinovna, Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i |
Ashrabov Eldor Ilxomjon O‘g‘li, Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi |