Tarbiya – taʼlimning bir qanoti

    Fikr 28 Oktabr 2024 70

    Yurtimizda taʼlim sohasi qator yoʻnalish va omillar, xususan, taʼlim va tarbiyaga zamonaviy metodikalarni joriy etish, uning saviyasini xorijiy va milliy tajribalar asosida xalqaro andazalar darajasiga koʻtarish hamda soha vakillarini moddiy ragʻbatlantirish asosida keng isloh qilinmoqda.

    Bu borada Prezidentimizning joriy yil 21-iyundagi “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hujjatga muvofiq, Maktabga-cha va maktab taʼlimi vazirligining Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizi-da butkul yangicha asosda Tarbiya pedagogika-si milliy instituti tashkil etildi.

    Taʼlim va tarbiya qoʻshqanotdir. Chunki taʼlim tarbiyasiz toʻkis va mukammal boʻla olmaydi. Ayni shu maʼnoda yangi oʻquv yur-tining Tarbiya pedagogikasi milliy insti-tuti deb qayta nomlanishi chuqur mazmun va mohiyatga ega.

    Qarorga muvofiq, milliy institut zimmasiga bugungi kun talablaridan ke-lib chiqqan holda yoshlar tarbiyasi sohasida qoʻllaniladigan ilmiy-metodik taʼminot-ni amalga oshirish, buyuk allomalarimiz, xususan, jadidlarning mazkur yoʻnalishda-gi qarashlarini ilmiy tadqiq etish va ana shu asosda zamonaviy metodikalar ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi. Shu-ningdek, oʻquvchilar tarbiyasida mahalla va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu borada ota-ona va oʻqi-tuvchilar uchun oʻquv, ommabop adabiyotlar yaratishni tizimli yoʻlga qoʻyish kabi qator maqsad va yoʻnalishlar koʻrsatib berildi.

    Yana bir muhim yangilik shundan ibo-ratki, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning — SEL) metodikalarini joriy qilish nazarda tutilgan.

    Qarorda ijtimoiy-emotsional taʼlim metodikalarini joriy qilish mexanizm-lari ham belgilab berilgan. Bu jarayonda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquv-chilari oʻz-oʻzini anglash, oʻz-oʻzini boshqa-rish, ijtimoiy xabardorlik, tengdoshla-ri bilan munosabatlarni shakllantirish va masʼuliyatli qaror qabul qilish kabi 5 ta ijtimoiy-emotsional kompetensiya-ga oʻrgatiladi. Ushbu jarayonga ota-onalar va jamoatchilik vakillari ham keng jalb qilinadi. Bundan tashqari, ijtimoiy-emo-sional taʼlim metodikalari umumiy oʻrta taʼlim hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga kiritiladi. Bu jarayonda, oʻz navbatida, institutimiz olimlari ham bevosita ish-tirok etadi.

    Ijtimoiy-emotsional taʼlim me-todikalarini amaliyotga tatbiq etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab bir necha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi tajriba-sinov tariqasida tanlab olinadi. Institutning malaka-li xodimlari, xorijiy mutaxassislar va pedagog kadrlardan iborat boʻlgan trenerlar guruhlari shakllantiriladi. Bu metodikalarni joriy etish jarayon-lari institut tomonidan doimiy mo-nitoring qilib boriladi. Erishilgan natijalar tahlil etiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar va-zirligi bilan birgalikda Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashti-ruvchi respublika kengashi tashkil etiladi. Qarorda belgilanganidek, institutning ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari endi butkul yangicha asosda shakllantiriladi. Bunda asosiy eʼtibor tarbiya sohasidagi mavjud muammolarga qaratiladi.

    Institut yetakchi xorijiy universitet va ilmiy markazlar bilan tarbiya metodi-kalarini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik oʻrnatadi. Ular bilan birgalikda qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazadi.

    Bundan tashqari, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchi va oʻquvchilari uchun milliy tarbiya yoʻna-lishida turkum adabiyotlar nashr etiladi. Tarbiya yoʻnalishida institut tomonidan amalga oshiriladigan yangi loyihalarga xorijiy ekspertlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari va jamoatchilik institutlari mutaxassisla-ri hamda olimlari jalb etiladi.

    Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedago-gikasi milliy instituti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahalla-lari uyushmasi hamda Milliy gvardiya bilan birgalikda joriy oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasala-rida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftalik-lari oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, ota-onalarning farzand tarbiyasi bora-sidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi hamda milliy tarbiyaning hududiy anʼa-nalarini oʻrganish, tiklash va zamonaviy maʼnaviy-axloqiy tarbiya tizimiga jo-riy qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqot-larni amalga oshiradi.

    Joriy yilning 1-dekabriga qadar oʻquv-chilarda “huquqbuzarlikka qarshi immuni-tet”ni shakllantirishda “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan oʻquv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqi-ladi. Ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan adabiyotlar xalqchil tilda boʻli-shi nazarda tutilgan.

    Shu yil soʻngida “Tarbiya — shaxs ma-daniy-maʼnaviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish belgi-langan.

    Prezidentimiz qarorida zamonaviy axborot vositalaridan samarali foyda-lanish maqsadida 2025-yil yakuniga qa-dar ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchi-lar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida milliytarbiya.uz elektron platformasi va uning mobil versiyasini ishlab chiqish hamda zamonaviy va qiziqarli kontentlar bilan toʻldirish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, institutning metodik tav-siyalari asosida yoshlar taʼlim-tarbiyasi-ga bagʻishlangan podkast, videokontentlar yaratish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish ishlarini tizimli tashkil etish belgilangan.

    Institut huzurida “Tarbiya metodikala-ri” ilmiy-ommabop jurnali tashkil etish hamda koʻp funksional bosmaxona ochish ham nazarda tutilgan. Bu esa, oʻz navbatida, tarbiya pedagogikasi borasidagi tajriba-larni keng targʻib qilish, ommalashtirish, qoʻllanmalarni koʻp nusxada chop etish va tarqatilishiga imkoniyat yaratadi.

    Oʻzbekiston oʻz oldiga keng koʻlamli maq-sad va vazifalar qoʻygan. Ularni toʻla-toʻ-kis amalga oshirish kelgusi avlodlarimiz olayotgan taʼlim va tarbiyaga bevosita bogʻ-liq. Bilimli va tarbiyali yoshlar mamlaka-timiz kelajagi, oldimizga qoʻyilgan ulugʻ-vor maqsad hamda vazifalarimiz roʻyobga oshishining mustahkam kafolati sanaladi. Bugungi kunda butkul yangicha asosda tashkil etilgan va shakllanayotgan Qori Niyoziy no-midagi Tarbiya pedagogikasi milliy insti-tuti ana shu jarayonga munosib hissasini qoʻshishga harakat qilmoqda. Taʼlim va tar-biyaning ham zamonaviy, ham milliy anʼana va qadriyatlarimizga asoslangan yangi meto-dikalarini ishlab chiqadi hamda amaliyotga tatbiq etadi.

    Xolboy IBRAGIMOV,

    Qori Niyoziy nomidagi

    Tarbiya pedagogikasi

    milliy instituti direktori,

    pedagogika fanlari doktori,

    akademik